| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi587 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda ilk bor Buy Back dasturi orqali avtomobil sotib olish mumkin

Isteʼmolchilarga AQSh va Yevropada oʻzini ijobiy tomondan koʻrsata olgan avtomobilni qayta sotib olish dasturi taklif etilmoqda.

Oʻzbekistonda ilk bor Buy Back dasturi orqali avtomobil sotib olish mumkin

Buy Back dasturi – endi Oʻzbekistonda. Mahalliy avtobozor tarixida ilk bor isteʼmolchilarga AQSh va Yevropada oʻzini ijobiy tomondan koʻrsata olgan avtomobilni qayta sotib olish dasturi taklif etilmoqda. "UzAuto Motors"ning sinov loyihasida eng talabgir modellardan biri – Chevrolet Tracker MT qatnashadi.

2020 yil 31 avgustgacha istalgan shaxs, depozit sifatida Tracker umumiy qiymatining 30 foizini toʻlab, mashhur avtomobil rusumini sotib olishi va avtoni oʻsha kuniyoq olib ketishi mumkin. Keyin, ikki yil davomida avtomobil shartnoma narxining yana 30 foizi toʻlanadi, keyin esa (diqqat qiling!) mijozga toʻrtta yoʻldan birini tanlash imkoni beriladi:

  1. 2020 yilda xarid qilingan Trackerni yangisiga yoki “UzAuto Motors”ning istalgan mavjud modeliga shartnomada koʻrsatilgan shartlarda almashtirish;

  2. Qolgan summani kiritish va Trackerni oʻz tasarrufiga olish;

  3. Trackerning qoldiq summasini yana bir yil davomida toʻlab borish;

  4. Avtomobilni qaytarish va Tracker qiymatining 30 foizi miqdoridagi, shartnoma tuzilgan paytida kiritilgan depozitni qaytarib olish.

Shunday qilib, depozitga avtomobil qiymatining 30 foizinigina kiritib va ikki yil davomida oʻrtacha kuniga 137 700 soʻm sarflab, yangi Tracker avtomobilining barcha afzalliklaridan miriqib foydalanish va avvalgi modelni sotish bilan bogʻliq barcha muammolarni unutish mumkin boʻladi.

Buy Back dasturi doirasidagi Trackerning soʻmdagi shartnoma qiymati shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida indeksatsiya qilinmaydi, inflyasiya surʼatidan qatʼiy nazar, oʻzgarmas holda qoladi. Oylik toʻlovlar har yangi toʻlov bilan kamayib boradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ