| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi110 marta oʻqildi

Ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofoti toʻlanadi.

Ayrim qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, quyidagi xarajatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi:

  • eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini toʻlash;

  • meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish;

  • agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;

  • vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylashtirish.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotni eksport qilishda tashish xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 660-son qarori oʻz kuchini yoʻqotdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ