Osiyo Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonga 500 mln dollar imtiyozli kredit ajratdi
OTB Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

Koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha tegishli bitmlarga imzo chekish jarayoni boʻlib oʻtdi. Joriy yilning 2020 yil 25 iyun kuni OTB Direktorlar Kengashi tomonidan ushbu qaror bir ovozdan maʼqullangan edi.
Maʼlumot uchun: 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablagʻlari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik, bugungi kunda - 0,4%) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda.
Jalb qilinayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy taʼsirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Osiyo taraqqiyot banki qarz mablagʻlarini ajratishdan avval mamlakatdagi makroiqtisodiy holat, shu jumladan davlat qarziga xizmat koʻrsatish xatarlarini tahlil qildi. Tahlil natijalariga koʻra, OTB tomonidan respublika davlat qarzi barqaror va xatarlar past darajada deb baholangan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

