Aholi tomonidan xorijiy valyuta sotib olish 3 barobarga oshdi
2020 yili yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 797 mln dollarga oshdi.

2020 yili yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan jami miqdori 3,901 mlrd AQSh dollariga teng chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalar (sotish va sotib olish) amalga oshirilgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 57 foizga yoki 797 mln dollarga oshdi (2019 yili — $1,399 mlrd). Faqatgina aprel oyida chet el valyutasini sotish hajmi sezilarli daraja tushib ketganini (172 mln dollar) koʻrish mumkin.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 1,7 mlrd dollarga teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida — $557 mln).
Taʼkidlanishicha, natijada ushbu operatsiyalar boʻyicha ijobiy saldo 491 mln dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 351 mln dollarga (yoki 42 foizga) kamaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

