Birja yangiliklari
206 ta material

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida YuNKTAD / JST xalqaro savdo markazi vakolatxonasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi
Uchrashuv davomida XSM missiyasi vakillari JSTga aʼzo boʻlish uchun Oʻzbekistonga zarur texnik yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvni toʻliq amalga oshirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladi.

Berlinda Oʻzbekistonda roʻy berayotgan iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga doir keng koʻlamli masalalar yuzasidan fikr almashildi
Germaniyada boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi iqtisodiyot va tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Federal uyushma boshqaruvi raisi Mixael Shumann hamda Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi fond vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishdi.

Toshkentda Fransiyaning «Le Kordon Blyu» oliy maktabining filiali ochilishi mumkin
Oʻzbekiston va Fransiya Respublikalari oʻrtasida savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlik rivojlanib bormoqda. Shunday hamkorliklardan biri «Le Kordon Blyu» mehmonxonasi bilan yoʻlga qoʻyilmoqda.

Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining bojxona statistikasidagi tafovutlar
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy va ularning asosiy savdo hamkorlari oʻrtasidagi savdo aylanmasi borasidagi statistika solishtirilganida sezilarli darajada farqlarni koʻrish mumkin. Masalan, Oʻzbekiston maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonga eksport hajmi 1,2 mlrd. dollarni, Qozogʻiston maʼlumotlariga koʻra 844 mln. dollarni tashkil etadi. Farq 573 mln. dollar.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oʻsdi
Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil yanvar oyida 2019 yilning shu davriga nisbatan – 1791 birlikni (oʻsish – 79,1%) tashkil etdi.

Oʻzbekiston – Turkiya munosabatlari tarixida yangi muloqot formati
Oliy darajadagi Oʻzbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashi siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, madaniyat, taʼlim, fan va texnika, innovatsiyalar, sogʻliqni saqlash va boshqa oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokara oʻtkazdi (foto)
Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Bryusselda taqdimot oʻtkazdi
Oʻzbekistonning global va mintaqaviy savdo-iqtisodiy tuzilmalari, birinchi navbatda, JST va YeOII bilan oʻzaro hamkorlikni chuqurlashtirish va kutilayotgan natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlarlar berildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda boʻlib turgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ular boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqishdi.

Oʻzbekiston va Boshqirdiston quruq meva mahsulotlarini yetkazib berish uchun sharnoma imzoladi
Boshqirdiston Respublikasi Savdo va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Davlat Qoʻmitasidan kelgan delegatsiya Oʻzbekiston bilan 1.8 mln dollarlik shartnoma imzoladi.

Birja orqali 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksport qilindi
Joriy yilda 1534 tonna paxta tolasi eksportga sotildi. Paxta tolasining 1 va 5 navlari BAA va Turkiyaga eksport qilingan.

Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida eng yuqori oʻrinni egallagan 10 ta davlat
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonning oxirgi 10 yildagi tashqi savdo aylanmasi qaysi davlatlar bilan amalga oshirilgani haqida maʼlumot berdi.

Abdulla Aripov: Birja savdolarida monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Bosh vaziri Abdulla Aripov birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibini joriy etish rejalashtirilganigi haqida gapirib oʻtdi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlariga subsidiya ajratiladi
Eksportyor subsidiya olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Oʻzbekistonda “UzNEX” kripto-birjasi ochildi
Poytaxtimizdagi Koreya madaniyat markazida 20 yanvar kuni blokcheyn sanoati boʻyicha xalqaro konferensiya hamda “UzNEX” kripto-birjasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlari eʼlon qilindi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlarini eʼlon qildi.

Moliya vazirligi va Markaziy bank 300 mlrd soʻmlik davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtiradi
Moliya vazirligi va Markaziy bank 20 yanvar, dushanba kuni Oʻzbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qogʻozlari birlamchi joylashtirilishini maʼlum qildi.

Tadbirkorlik subʼyektlarining SSPga aʼzoligi masalasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi ommaviy axborot vositalaridagi maʼlumotlarni, shu qatorda bir qator bloggerlarning fikrlarini kuzatib borib ayrim aniqlik kiritishni zarur deb biladi.

2019 yilda OʻzRTXB ning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 43,1 trln soʻmni tashkil etdi
2020 yil 15 yanvarda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ofisida ommaviy axborot vositalari uchun “OʻzRTXBda birja savdolari va elektron tijoratning rivojlanish natijalari va istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

JST va YeOII: iqtisodiy integratsiya - taraqqiyotning muhim garovi
2019 yilning kuz oylaridan boshlab mamlakatimizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi masalasi aholi oʻrtasida qizgʻin muhokama va munozaralarga sabab boʻla boshladi.

BAA va Yaponiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

EOIIga qoʻshilish bilan Oʻzbekiston oʻzini oʻzi cheklab qoʻymoqchi emas
Oʻzbekiston YeOIIdan tashqarida boʻlgan mamlakatlar bilan ham yaqin iqtisodiy va savdo munosabatlarini saqlab qolishga intilmoqda, dedi Oʻzbekistonning Niderlanddagi elchisi.

Shakar ochik savdoga chiqarildi
Birja savdolari orqali sotiladigan shakarning xajmini bir necha barorbar oshishi oʻz navbatida shakarga boʻlgan talabni toʻliq qondirish imkoniyatini beradi.

Muftiy Usmonxon Alimovga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovni qabul qilib, uning 70 yillik tavallud ayyomi bilan samimiy tabrikladi.
