Oʻzbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlari eʼlon qilindi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlarini eʼlon qildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlarini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, 2019 yil yakunida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 mlrd dollarga oʻsdi (oʻsish surʼati – 26,2 foiz).
Xususan, mahalliy tovarlar va xizmatlarning xorijiy mamlakatlarga eksporti 2018 yilga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 15 foizga oʻsdi va 17,9 mlrd dollarni tashkil etdi.
Eksportning asosiy ulushi qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlar - 5,1 mlrd dollar (umumiy eksportdagi ulushi 28,5 foiz), xizmatlar - 3,6 mlrd dollar (19,9 foiz), energiya tashuvchilar - 2,5 mlrd dollar (14,1 foiz), toʻqimachilik mahsulotlari - 1,6 mlrd dollar (9,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari - 1,5 mlrd dollar (8,5 foiz), rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 951,3 mln dollar (5,3 foiz), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 876,9 mln dollar (4,9 foiz), qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar - 349,6 mln dollar (2 foiz) hissasiga toʻgʻri keladi.
2019 yil davomida 2,700ta yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb qilinib, ular hisobiga 1 mlrd dollardan ortiq qoʻshimcha eksport amalga oshirildi. Bundan tashqari, 42ta mamlakatlar bozorlariga 206ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti oʻzlashtirildi.
Respublika import koʻrsatkichi hisobot davrida 4,8 mlrd dollarga oʻsib, 24,3 mlrd dollarga yetdi, bu esa 2018 yilga nisbatan 25 foizga koʻpdir.
Import tarkibini asosan asbob-uskunalar - 5,6 mlrd dollar (jami importdagi ulushi 23,1 foiz), transport vositalari va ehtiyot qismlar - 2,6 mlrd dollar (10,8 foiz), xizmatlar - 2,4. mlrd dollar (10 foiz), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 2,2 mlrd dollar (9,1 foiz), elektr jihozlari - 1,3 mlrd dollar (5,5 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari - 1,2 mlrd dollar (5,2 foiz), energiya tashuvchilar - 928,1 mln dollar (3,8 foiz), farmatsevtika mahsulotlari - 926,8 mln dollar (3,8 foiz), yogʻoch va undan tayyorlangan mahsulotlar - 903,7 mln dollar (3,7 foiz), kimyoviy mahsulotlar - 843,5 mln dollar (3,5 foiz), plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar - 811,7 mln dollar (3,3 foiz) va boshqalar tashkil qiladi.
Oʻzbekistonning tashqi savdo hamkorlari soni hisobot davrida 178tani tashkil etdi. Ayni paytda Xitoy (7,6 mlrd dollar yoki 18,1 foiz), Rossiya (6,6 mlrd dollar yoki 15,7 foiz), Qozogʻiston (3,3 mlrd dollar yoki 8 foiz), Koreya Respublikasi (2,7 mlrd dollar yoki 6,5 foiz), Turkiya (2,5 mlrd dollar yoki 6 foiz), Germaniya (980 mln dollar yoki 2,3 foiz), Qirgʻiziston (829 mln dollar yoki 2 foiz), Afgʻoniston (618 mln dollar yoki 1,5 foiz) va AQSh (596 mln dollar yoki 1,4 foiz) tovar aylanmasi boʻyicha yetakchilar hisoblanadi.
2019 yil yanvar-dekabr oylarida MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 12,2 mlrd dollarni tashkil etib, bu oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga koʻproq. Rossiya (MDH mamlakatlari bilan umumiy savdoning 54 foiz), Qozogʻiston (27 foiz), Qirgʻiziston (6,7 foiz), Turkmaniston (4,4 foiz) asosiy savdo sheriklar hisoblanadi.
Shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan tashqi savdo hajmi sezilarli darajada oʻsib, 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi (2018 yilga nisbatan 25 foizga oʻsdi), bunda eksport qariyb 3,2 mlrd dollarni va import 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20ta yirik hamkor davlatlar orasida 5ta mamlakat - Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Tojikiston, Eron va Fransiya bilan tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi kuzatilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

