| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Markaziy Osiyo6 daqiqada oʻqiladi172 marta oʻqildi

Markaziy Osiyo mamlakatlarining bojxona statistikasidagi tafovutlar

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy va ularning asosiy savdo hamkorlari oʻrtasidagi savdo aylanmasi borasidagi statistika solishtirilganida sezilarli darajada farqlarni koʻrish mumkin. Masalan, Oʻzbekiston maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonga eksport hajmi 1,2 mlrd. dollarni, Qozogʻiston maʼlumotlariga koʻra 844 mln. dollarni tashkil etadi. Farq 573 mln. dollar.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining bojxona statistikasidagi tafovutlar

Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy va ularning asosiy savdo hamkorlari oʻrtasidagi savdo aylanmasi borasidagi statistikada farqlarni koʻrishimiz mumkin. Masalan, Markaziy Osiy mamlakatlarining bojxona xizmatlari taqdim etayotgan raqamlarda farqlar keltirilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari importi

2018 yildagi savdo aylanmasidagi farqlarni bilish uchun Xalqaro savdo markazi (ITC) maʼlumotlaridan foydalanilgan. XSM maʼlumotlari Jahon savdo tashkiloti (WTO) hamda BMTning savdo va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi (UNCTAD) maʼlumotlari bilan solishtirilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tovarlar va xizmatlar importi Rossiya, Xitoy, Turkiya kabi barqaror import potensialiga ega boʻlgan mamlakatlar orqali oʻtadi.

Xitoy

XXRning tashqi savdo maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda Xitoy Qozogʻistonga 11,3 mlrd. dollarlik tovarlar va xizmatlar eksport qilgan. Qozoq tomon maʼlumotlariga koʻra, 5,4 mlrd. dollarlik tovarlar import qilingan. Farq 5,9 mlrd. dollar.

Bu kabi farq Qirgʻizistonda ham kuzatiladi. Xitoy tomoniga koʻra, 5,5 mlrd. dollarlik tovar va xizmatlar Qirgʻizistonga eksport qilingan. Bishkek esa Xitoydan 1,9 mlrd. dollarlik tovar import boʻlgan degan maʼlumotni beryapti. Farq 3,6 mlrd dollar.

Tojikistonda, Qirgʻiziston va Qozogʻistonda boʻlgani kabi, savdo hajmida jiddiy farq yoʻq. Tojikiston maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, mamlakat Xitoydan 594 mln. dollarlik mahsulot olgan, Xitoy tomoni maʼlumotlari esa eksport hajmini 1,4 mlrd. dollar deb koʻrsatmoqda. Farq 832 mln. dollar.

Tovar ayirboshlash hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning minimal farqlari Oʻzbekiston tomonidan koʻrsatilgan: 402 mln. dollari.

Rossiya

Markaziy Osiyo va Rossiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi maʼlumotlaridagi farqlar, Xitoy bilan boʻlgandagi kabi, yuqori emas. Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning asosiy import qiladigan mamlakatlaridan biri Rossiya hisoblanadi.

Tashqi savdo maʼlumotlari borasidagi minimal farqlar Oʻzbekiston statistikasiga toʻgʻri keladi. Farq 17 mln. dollar.

Qozogʻiston statistikasiga koʻra, Rossiyadan 12 923 333 000 dollarlik import amalga oshirilgan. Ruslar esa 12 992 138 000 dollarlik tovar va xizmatlar “sotganmiz deyapti”. Farq 69 mln. dollar.

Tashqi savdo maʼlumotlari borasida Tojikistonda ham yetarlicha farqlar kuzatildi: 118 mln. dollar.

Eng katta farq Qirgʻiziston va Rossiya statistikasida kuzatilgan: 125 mln. dollar.

Turkiya

Markaziy Osiyo va Turkiya savdo aylanmasi maʼlumotlarida jiddiy tafovut yoʻq.

Savdo aylanmasi maʼlumotlari borasidagi eng katta farq Oʻzbekiston hissasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbekiston davlar statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, qariyb 1 mlrd. dollarlik tovar va xizmatlar import qilgan. Turkiya maʼlumotlariga koʻra, 951 mln. dollarlik tovar eksport qilingan. Farq 147 mln. dollar.

Turkiya maʼlumotlariga koʻra, Turkiya va Qirgʻiziston oʻrtasidagi savdo aylanmasi 377 mln. dollarni tashkil etadi. Biroq Qirgʻiziston tomoni maʼlumotlariga koʻra, savdo aylanma 290 mln. dollar. Farq 87 mln. dollar.

Tojikiston statistikasining koʻrsatishicha, Turkiyadan import hajmi 124 mln. dollar. Turkiyaning Tojikistonga qilgan eksporti toʻgʻrisidagi maʼlumotlariga koʻra, 177 mln. dollar. Farq 52 mln. dollar.

Tovar ayirboshlash hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning minimal farqlari Qozogʻiston tomonidan koʻrsatilgan: 52 mln. dollar.

Bu uch mamlakatning Turkmaniston bilan tashqi savdosi hajmini taqqoslashning imkoni boʻlmadi – Turkmaniston tomonning statistikalari topilmadi. Turkiya Turkmanistonga 467 mln. dollarlik tovarlar eksport qilgan (Turkiya statistikasi boʻyicha), Xitoy 317 mln. dollarlik, Rossiya 289 mln. dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tovarlar importi

Markaziy Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmidagi yirik farqlardan tashqari Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiladigan eksport tovarlarida ham farqni kuzatishimiz mumkin. Xitoydan olib kirilayotgan tovarlarning farqini koʻrish uchun, oʻlchovlar Xalqaro savdo markazining (ITC) ikki xonali kod tizimida 4 (HC4) muvofiqlashtirilgan tizimli tovarlar bilan AQSH dollarida oʻtkazildi.

Xitoydan olib kirilayotgan beshta eng yirik tovarlar importida Xitoy va Markaziy Osiyo maʼlumotlari farq qiladi.

Qirgʻiziston

Xitoy maʼlumotlariga koʻra, Xitoydan Qirgʻiziston import qiladigan beshta asosiy tovar oyoq kiyimlar; trikotaj va notrikotaj kiyim-kechaklar; paxta; elektr jihozlari.

Qirgʻiziston maʼlumotlariga koʻra, Xitoydan Qirgʻiziston import qiladigan beshta asosiy tovarlar oyoq kiyimlar, mexanik qurilmalar; elektr jihozlari; sunʼiy shtapel tolalari; trikotaj tovarlar.

Xitoy va Qirgʻizistonning mamlakatga tovarlarni olib kirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridagi eng katta farq 1,3 mlrd. dollarini tashkil etadigan trikotaj mahsulotlarga toʻgʻri keladi.

Qozogʻiston

Xitoy maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston Xitoydan sotib oladigan beshta asosiy tovarlari quyidagilari: mexanik qurilmalar, elektr jihozlari, trikotaj va notrikotaj kiyim-kechaklar.

Xitoy va Qozogʻiston maʼlumotlaridagi eng katta farq miqdori 1 mlrd. dollar boʻlgan trikotaj mahsulotlar va umumiy hajmi 695 mln. dollarlik oyoq kiyimlarda kuzatiladi.

Tojikiston

Tojikistonda qozoq va qirgʻizdagi kabi katta farqlar mavjud emas. Asosiy farq qiymati 115 mln. dollarlik boʻlgan oyoq kiyimlarda kuzatiladi.

Xitoy tomoni maʼlumotlariga koʻra, Xitoydan Tojikistonga olib kiriladigan besh asosiy tovarlar elektr jihozlari, mexanik qurilmalar, oyoq kiyimlar, trikotaj mahsulotlari hamda temir yoki poʻlat buyumlar hisoblanadi.

Tojikiston statistikasiga koʻra, bu besh tovarlar quyidagilar: mexanik qurilmalar, temir va poʻlat, elektr jihozlari, temir yoki poʻlat buyumlar va transport vositalari.

Oʻzbekiston

Oʻzbekiston Xitoydan import qiladigan besh asosiy mahsuloti borasidagi Xitoy va Oʻzbekiston maʼlumotlari bir-biriga mos tushadi. Biroq elektr jihozlari importi borasida farq mavjud –199 mln. dollar.

Turkmaniston

Turkmanistonda Xitoydan qanday tovarlar va qanday narxlarda import qilinayotgani haqida maʼlumot yoʻq. Shuning uchun faqat import qilingan tovarlar boʻyicha Xitoy maʼlumotlari qoʻllaniladi.

Xitoyga koʻra, Turkmanistonga olib kelingan beshta asosiy mahsulot mexanik qurilmalardir; temir va poʻlatdan yasalgan buyumlar; elektr jihozlari; kauchuk va undan tayyorlangan mahsulotlar; plastmassalar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar.

Markaziy Osiyo mamlakatlari eksporti

Markaziy Osiyo mamlakatlari eksport xomashyo va tabiiy resurslar asosiy oʻrinni egallaydi.

Markaziy Osiyoning eksport faoliyatini monitoring qilish boʻyicha maʼlumotlar Xalqaro savdo markazidan (ITC) olingan, unda Jahon savdo tashkiloti (JST) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va rivojlanish boʻyicha konferentsiyasi (UNCTAD) bilan bir xil maʼlumotlar mavjud.

Italiya import maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistondan mamlakatga 2 mlrd. dollar miqdorida mahsulot kelib tushgan. Qozogʻiston statistikasi shuni koʻrsatadiki, Italiya Qozogʻistondan 11,7 mlrd dollarlik tovarlarni sotib olgan. Farq 9,7 mlrd. dollarini tashkil etadi.

Qozogʻiston maʼlumotlariga koʻra, Xitoyga eksport hajmi 6,2 mlrd. dollarni, Xitoy maʼlumotlariga koʻra 8,5 mlrd. dollarni tashkil etadi. Farq 2,3 mlrd. dollar.

Niderlandiya maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistondan 231 mln. dollarlik tovar va xizmatlar sotib olingan. Qozogʻiston maʼlumotlariga koʻra, 6,2 mlrd. dollarlik eksport amalga oshirilgan. Farq 5,9 mlrd. dollar.

Rossiya import maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistondan mamlakatga 1,1 mlrd. dollar miqdorida mahsulot kelib tushgan. Oʻzbekiston statistikasi shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston Rossiyaga 1,6 mlrd. dollarlik tovarlar eksport qilgan. Farq 0,5 mlrd. dollarni tashkil etadi.

Oʻzbekiston maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonga eksport hajmi 1,2 mlrd. dollarni, Qozogʻiston maʼlumotlariga koʻra 844 mln. dollarni tashkil etadi. Farq 573 mln. dollar.

Xitoy va Oʻzbekiston savdo aylanmasi statistikasi borasidagi farq 203 mln. dollarini tashkil qiladi.

Eksport boʻyicha Tojikistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari Qozogʻiston, Turkiya, Shveysariya hisoblanadi.

Shveysariya maʼlumotlariga koʻra, Tojikistondan mamlakatga 213 mln. dollar miqdorida mahsulot kelib tushgan. Tojikiston statistikasi shuni koʻrsatadiki, mamlakat Shvetsariyaga 1,6 mln. dollarlik tovarlar eksport qilgan. Farq 211 mln. dollarini tashkil etadi.

Tojikiston maʼlumotlariga koʻra, Turkiyaga eksport hajmi 276 mln. dollarni, Turkiya maʼlumotlariga koʻra 201 mln. dollarni tashkil etadi. Farq 75 mln. dollar.

Qozogʻiston va Tojikiston savdo aylanmasi statistikasi borasidagi farq 23 mln. dollarni tashkil qiladi.

Makroiqtisodchilar va bojxona xodimlarining aytishicha, buning sababi mahsulot qiymatini oʻlchashning turli xil uslublarida boʻlishi mumkin. Baʼzi davlatlar hajm bilan bir qatorda xarajatlarni ham hisobga olishadi va shu bilan tovar ayirboshlash hajmini oshiradi. Bundan tashqari, Xitoy Markaziy Osiyodan boshqa mamlakatlarga tranzitni Markaziy Osiyoga toʻgʻridan-toʻgʻri import sifatida koʻrib chiqadi, bu esa Xitoy va ushbu mamlakatlar oʻrtasidagi savdo hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning farqlanishiga taʼsir qilishi mumkin.

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari asosan xom neft, oltin, xom alyuminiy va neft gazlari eksport qiladi. Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy eksport sheriklari - Xitoy, Italiya, Shveysariya, Turkiya va Qozogʻiston.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ