| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokara oʻtkazdi (foto)

Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokara oʻtkazdi (foto)

Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan shohsupaga koʻtarildilar. Oʻzbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Shundan soʻng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oʻzaro manfaatli imkoniyatlarni ishga solish, yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish uchun Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya yigʻilishlarini muntazam oʻtkazish zarurligi taʼkidlandi.

Transport sohasidagi aloqalarni kengaytirish, Turkiya orqali Yevropaga multimodal xalqaro tashuvlarni yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi.

Intensiv bogʻdorchilik, baliqchilik, chorvachilik, naslchilik yoʻnalishlarida Turkiyaning ilgʻor tajribasini oʻzlashtirish, universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma tadqiqotlar olib borish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

Oʻzbekistonda zamonaviy qoʻshma klinikalar va diagnostika markazlari tashkil etish, kichik biznes, toʻqimachilik kabi yoʻnalishlarda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish taklifi koʻrib chiqildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ