| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi154 marta oʻqildi

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlariga subsidiya ajratiladi

Eksportyor subsidiya olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlariga subsidiya ajratiladi

“Meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalariga oʻrgatish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini qoplash uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (roʻyxat raqami 3212, 2020 yil 17 yanvar) Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Nizomga koʻra, meva-sabzavot mahsulotlari eksportyorlarining quyidagi xarajatlari uchun 50 foiz subsidiya ajratiladi:

  • qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini joriy etishga oʻrgatish;

  • qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar monitoringini oʻtkazish (cubsidiya summasi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravaridan oshmasligi lozim);

  • qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolari tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarda sotish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish.

Eksportyor subsidiya olish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Eksportyor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar 7 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ