| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda boʻlib turgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ular boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqishdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi

18 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilgʻor tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dastularni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ