| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes4 daqiqada oʻqiladi775 marta oʻqildi

2019 yilda OʻzRTXB ning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 43,1 trln soʻmni tashkil etdi

2020 yil 15 yanvarda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ofisida ommaviy axborot vositalari uchun “OʻzRTXBda birja savdolari va elektron tijoratning rivojlanish natijalari va istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

2019 yilda OʻzRTXB ning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 43,1 trln soʻmni tashkil etdi

2020 yil 15 yanvarda “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining markaziy ofisida ommaviy axborot vositalari uchun “OʻzRTXBda birja savdolari va elektron tijoratning rivojlanish natijalari va istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad keng jamoatchilikni birja faoliyatining 2019 yil yakunlari va 2020 yil uchun istiqbolli loyihalar bilan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Anjumanni Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Boshqaruv raisining oʻrinbosari Islom Ibrogimov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz nutqida Islom Ibrogimov birja savdolari va elektron tijorat sohasida yuz berayotgan oʻzgarishlar va tadbirning markaziy mavzulariga qisqacha toʻxtalib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, 2019 yilda Oʻzbekiston tovar bozorlarida bozor mexanizmlarni keng joriy etish, shaffoflikni taʼminlash va sof raqobatni rivojlantirish boʻyicha bir qator muhim hukumat qarorlari qabul qilindi va keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyatida ham sezilarli oʻzgarishlar kuzatildi.

Umuman olganda, 2019 yilda OʻzRTXB ning barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2018 yilga nisbatan 35,6 foizga oʻsib, 43,1 trln soʻmni tashkil etdi. Bunda tuzilgan bitimlarning hajmini 87 foizdan koʻpi birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, shu jumladan koʻrgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga toʻgʻri kelgan.

Oʻtgan yilda birinchi navbatda birja savdolarida sotilayotgan tovarlarning soni va hajmini koʻpayishi evaziga tadbirkorlar tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlotlaridan erkin foydalanishi imkoniyatlari yanada kengaytirildi. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari ishtirokida tuzilgan shartnomalarning hajmi 2018 yilga nisbatan 31 foizga oʻsib, deyarli 21,0 trln soʻmni tashkil etdi. Shu jumladan tadbirkorlar birja orqali 13,4 trln soʻmlik tovar resurslarini xarid qilishgan va 7,5 trln soʻmga teng oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni sotishgan.

Maʼlumki, 2019 yilda Ai-91 rusumli avtomobil benzini va unning I-navi bozor qoidalari asosida, talab va taklifdan kelib chiqqan holda erkin oʻrnatila boshladi. Birja savdolari natijasida shakllangan narxlar oʻz navbatida shaffoflik tamoyiliga rioya qilingan holda muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali keng eʼlon qilinib borildi.

Mazkur tovarlar uchun haqiqiy bozor narxlarini shakllanishi esa sotuvchi korxonalar uchun auksion natijasida olingan qoʻshimcha daromad hisobiga oʻzlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini berdi.

Shu bilan birga oʻtgan davrda oʻtkazilgan birja savdolari ushbu tovar bozorlarida mutanosib holatning shakllanishiga olib kelib, shaffof tizimining barcha afzaliklarini koʻrsatib berdi. Xususan yangi tartib oʻrnatilgan paytdan boshlab 2019 yil oxirgacha boʻlgan davrda Ai-91 rusumli avtomobil benzini boʻyicha birjadagi narxi 4,6 foizga va I-navli unning narxi 12 foizga kamaydi. Narxlarning pasayishiga savdoga qoʻyilayotgan tovar hajmlarini oʻsishi va ulardan erkin foydalanish imkoniyatini taqdim etilganligi koʻmak berdi.

Ijobiy oʻzgarishlar birjaning eksport yoʻnalishida ham qayd etilgan. Xususan, oʻtgan yilda birja orqali eksportga sotilgan tovarlarning umumiy qiymati 130,8 mln AQSh dollarni tashqil etdi va ushbu koʻrsatkich 2018 yilga nisbatan 5,7 foizga koʻpdir. 2020 yilning 1 yanvaridan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi faqat birja savdolari orqali eksport qilinishi mazkur koʻrsatkichlarni yanada koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Elektron tijorat sohasida bir nechta yangi loyihalar amalga oshirildi. Ular qatoriga mobil raqamlarni onlayn sotuvi boʻyicha mobilraqam.uzex.uz vebsayti va logistika boʻyicha mytransport.uz portalini ishga tushirilishi kiradi.

Elektron tijoratining B2B tizimida, yaʼni koʻrgazma-yarmarka savdolarida jami 1,6 trln soʻmlik bitimlar tuzildi va bu 2018 yilga nisbatan 39 foizga koʻpdir.

2019 yilda avtoraqam.uzex.uz vebsaytida onlayn-auksion orqali 156,1 mlrd soʻmlik 36,3 mingdan ziyod chiroyli avtoraqamlar sotildi. Bunda avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 51,1 foizga, hajmi boʻyicha – 28,3 foizga oʻsdi. Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 4,3 million soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi 2019 yilda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali xarid.uz ni operatori sifatida oʻz faoliyatini davom ettirdi. Yil davomida byudjet va korporativ buyurtmachilar portalda davlat xaridlari boʻyicha barcha eʼlonlarni joylashtirib, davlat xaridlarni amalga oshirishda elektron auksion va elektron doʻkon tizimlaridan samarali foydalanishdi.

2019 yil yakunlariga koʻra mazkur portalda jami 3,8 trln soʻmlik bitimlar tuzildi. Byudjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan tejalgan mablagʻlarning umumiy miqdori esa 805,8 mlrd soʻmni tashkil etdi. Tuzilgan bitimlarda kichik biznes subʼyektlarining ulushi 95 foizdan oshdi.

2020 yilning 1 yanvaridan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida davlat xaridlarini hududlar kesimida va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida amalga oshirish imkonini beruvchi milliydokon.uzex.uz va emilliydokon.uzex.uz yangi savdo tizimi ishga tushirildi.

Anjumanda shuningdek birjaning 2020 yilda rejalarishtirilgan asosiy ishlar va istiqbolli loyihalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PQ-4484-son qaroriga muvofiq 2020 yil 1 yanvaridan 38 ta yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni faqat ochiq birja savdolari orqali sotilishi va bunda bozor tamoyillari toʻla qoʻllanilishi aytib oʻtildi.

Shuningdek istiqbolda birjaning yagona kliring tizimini joriy etilishi kutilmoqda. Yaʼni endilikda mijozlar birja savdolari va onlayn auksionlarida tovarni sotish yoki sotib olishlari uchun birjaning hisob-kitob kliringdagi bitta hisobvaragʻidan foydalanadilar.

Davlat xaridlari boʻyicha mijozlar uchun “SMS-xabarnoma” bepul xizmati joriy etilmoqda. Unga koʻra buyurtmachilar tomonidan joylashtirilgan yangi buyurtma toʻgʻrisida xabar tadbirkorning mobil raqamiga kelib tushadi.

Navbatdagi loyiha koʻrgazma-yarmarka savdo tizimini tubdan yangilanishini nazarda tutadi. Unga koʻra savdo ishtirokchilari tuzilgan bitimlar ijrosini hisob-kitob kliringi palatasi orqali kafolatlash mexanizmi afzaliklaridan foydalana oladilar.

Shuningdek, savdolar boʻyicha elektron hisob-kitoblar tizimini joriy etish, chakana savdo bilan shugullanadigan tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun ham alohida vebsaytlari yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Tadbir yakunida anjuman ishtirokchilari oʻrtasida fikr almashildi, birja rahbarlari va mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ