Abdulla Aripov: Birja savdolarida monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Bosh vaziri Abdulla Aripov birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibini joriy etish rejalashtirilganigi haqida gapirib oʻtdi.

21 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Bosh vaziri Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan harakatlar dasturi loyihasini taqdim etdi.
Hududlar rivojlantiriladi
Abdulla Aripov Prezident tomonidan belgilab berilgan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, yaqin kunlarda tasdiqlash uchun taqdim etilishini maʼlum qildi. U ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni mutanosib rivojlantirishni qamrab oladi.
Keyingi 5 yilda yalpi ichki mahsulot 6 foizga oʻsadi
Makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyotni yanada isloh etish, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish hamda raqobatbardoshligini oshirish choralari koʻriladi. Bunda, yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 2020 yilda 5,5 foizdan kam boʻlmasligi va keyingi 5 yilda esa uning oʻsish surʼatlari oʻrtacha 6 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.
2025 yilda xizmatlar koʻrsatish oshadi
Hukumat 2025 yilga borib sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 30 foizdan 33 foizgacha, xizmatlar koʻrsatishni esa 35 foizdan 37 foizgacha oshirish choralarini koʻradi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun strategiyalar ishlab chiqiladi
Abdulla Aripov Senat qoʻshma majlisida “Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmlarini keng joriy etish va iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha strategiyalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi”, dedi.
2021–2022 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish diversifikatsiya qilinadi
Xususan, birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibini joriy etish rejalashtirilgan. 2021–2022 yillarda savdo korxonalari va logistika markazlarini rivojlantirish strategiyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish davom etadi
Shuningdek, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish davom ettiriladi.
Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi
Buning uchun 2020 – 2025 yillarga moʻljallangan sanoatni rivojlantirish konsepsiyasi, 2020–2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda Mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash dasturlari ishlab chiqiladi.
2030 yilga borib Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish hajmini 5 barobarga oshirish koʻzda tutilyapti
“Bundan tashqari, yaqin yillarda import oʻrnini bosuvchi va mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab quvvatlovchi soha – elektrotexnika sanoatiga iqtisodiy oʻsishning “drayveri” sifatida qaraymiz”, dedi Bosh vazir.
Joriy yilda 2020 – 2030 yillarda Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
2030 yilga borib ushbu sohada ishlab chiqarish hajmi 5 barobarga (4 mlrd. doll.), eksport hajmi 6 barobarga (1,5 mlrd.doll.), mazkur sohada ishlovchilar soni 3 barobarga (50 mingdan ortiq) koʻpayishi, mamlakat aholisining elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlariga boʻlgan talabini 80-90 foizga mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlash hisob-kitob qilinmoqda.
7,6 milliard dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
2025 yilga kelib yoqilgʻi-enegetika sohasida umumiy qiymati 7,6 milliard dollarga teng investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,4 barobarga, tabiiy gaz qazib chiqarishni 1,2 barobarga, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni 2,1 barobarga oshirish kutilmoqda. Shuningdek, tabiiy gazni mamlakatimizda qayta ishlab, qoʻshimcha qiymatli va bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari kengaytirilishi rejalashtirilmoqda.
Joriy yildan davlat korxonalariga egalik qilish Strategiyasi ishlab chiqiladi
Energiya sarfini kamaytirish va noreal toʻlovlarni oldini olish uchun 2020 yil oxiriga qadar isteʼmolchilarga elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish boʻyicha elektron hisoblagichlarni toʻliq oʻrnatiladi.
Kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi doirasida 12 milliard dollarlik 31 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 50 ta yangi turdagi mahsulotlar oʻzlashtiriladi.
Mavjud 21 ta erkin iqtisodiy hamda 156 ta kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi. Ularning sonini 2 barobarga oshirish kutilmoqda.
Korporativ boshqaruvning zamonaviy prinsiplari va usullarini amalga oshirish uchun 2020-2030 yillarda davlat korxonalariga egalik qilish, boshqarish va isloh qilish Strategiyasi ishlab chiqiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

