Berlinda Oʻzbekistonda roʻy berayotgan iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga doir keng koʻlamli masalalar yuzasidan fikr almashildi
Germaniyada boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi iqtisodiyot va tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Federal uyushma boshqaruvi raisi Mixael Shumann hamda Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi fond vakillari bilan muzokaralar oʻtkazishdi.

Berlinda Harakatlar strategiyasi doirasida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar samarasi va 2020 yilgi rejalar haqida xalqaro jamoatchilik xabardor etilmoqda.
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar Markazi direktorining oʻrinbosari U.Abidxadjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar va Instituti markazi rahbari B.Mustafoyevdan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Eduard Kinsbruner bilan uchrashishdi.
Muhokama markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan har yili Oliy Majlisga yoʻllanadigan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va unda koʻtarilgan dolzarb masalalar boʻldi. Shu bilan birga Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlari, xususan, mintaqaviy va global savdo-iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi.
Shundan soʻng, Sharqiy yevropa va xalqaro tadqiqotlar markazida (ZOiS) “Yangi Oʻzbekiston sari yoʻl” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy yoʻnalishlari xaqida taqdimot oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi iqtisodiyot va tashqi savdoni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Federal uyushma boshqaruvi raisi Mixael Shumann hamda Fridrix Ebert va Konrad Adenauer nomidagi fond vakillari bilan ham alohida muzokaralar oʻtkazishdi.
Umuman olganda, suhbat chogʻida Oʻzbekistonda roʻy berayotgan iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga doir keng koʻlamli masalalar yuzasidan amaliy fikrlar almashildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

