| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi321 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda “UzNEX”​ kripto-birjasi ochildi​

Poytaxtimizdagi Koreya madaniyat markazida 20 yanvar kuni blokcheyn sanoati boʻyicha xalqaro konferensiya hamda “UzNEX” kripto-birjasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda “UzNEX”​ kripto-birjasi ochildi​

Poytaxtimizdagi Koreya madaniyat markazida 20 yanvar kuni blokcheyn sanoati boʻyicha xalqaro konferensiya hamda “UzNEX” kripto-birjasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash “Raqamli ishonch” jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirdan koʻzlangan maqsad blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish, ushbu texnologiyaning ijtimoiy-iqtisodiy sohada tutgan oʻrni va vazifalari haqidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka yetkazishdan iborat.

Anjumanda Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur davlatlarida faoliyat yuritayotgan blokcheyn sanoatidagi yetakchi kompaniyalar, mamlakatimiz vazirlik, idoralari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida “KOBEA GROUP” kompaniyasining Markaziy Osiyodagi ilk kripto-birjasi va ofisi ochilishi marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston ayni payt koʻpgina sohalar, jumladan, raqamli iqtisodiyot boʻyicha ham keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgan va jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri sanaladi. Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan, ulkan salohiyatga ega Oʻzbekiston yaqin yillarda raqamli iqtisodiyot boʻyicha dunyoning eng ilgʻor mamlakatlaridan biriga aylanishi mumkin.

“UzNEX” – Markaziy Osiyoda yagona birja boʻlib, mazkur bozorda milliy valyuta, kredit kartalari va AQSh dollari amal qiladi. Oʻzbekiston fuqarolariga kriptovalyutani birjada sotish huquqi beriladi, xorijiy rezidentlar esa kriptovalyuta birjasining Oʻzbekiston qonunlariga zid boʻlmagan barcha xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Bunda siz muayyan tajribaga ega boʻlmasangiz-da, yuqori daromad olayotgan professional sarmoyadorlarning investitsion strategiyasini har kuni, har hafta va har oy kuzatib borishingiz mumkin boʻladi. Dunyodagi yetakchi kripto birjalarning xavfsizlik boʻyicha ekspertlari uzluksiz 365 kun/24 soat mobaynida platforma tizimini muntazam monitoring qilib boradi. Muhandislik texnologiyasi markazi esa pulni yuvish bilan kurashish boʻyicha FATF maslahatlariga muvofiq, ixtisoslashtirilgan yechimlar taqdim etadi. Bundan tashqari, raqamli aktivlar xavfsizligi boʻyicha jahon miqyosida taniqli BitGo kompaniyasi “qaynoq hamyon” taqdim etadi.

Ijtimoiy raqamli resurslar taqdim etuvchi UzMex va UzSTX platformalarida dunyoning istalgan odami moliyaviy investitsiyalash, pul oʻtkazmalari va kreditlashtirishni mobil telefoni yoki shaxsiy kompyuteri orqali amalga oshirishi mumkin.

Oʻzbekistondagi ilk kripto-birja – “UzNEX” taʼsischisi hisoblangan “KOBEA GROUP” kompaniyasi kelgusida Oʻzbekistonning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida blokcheyn boʻyicha maxsus kafedralar ochishni rejalashtirmoqda.

Konferensiyada raqamli texnologiyalarning dunyo boʻylab rivojlanish tendensiyalari, jumladan, Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashdagi ahamiyati, blokcheyn sanoati istiqbollari, “UzNEX” kripto-birjasining mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotidagi roli, “KOBEA GROUP” kompaniyasi tomonidan yurtimizda amalga oshirilishi moʻljallanayotgan ishlar va boshqa mavzularda maʼruzalar tinglandi.

Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ