Moliya vazirligi va Markaziy bank 300 mlrd soʻmlik davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtiradi
Moliya vazirligi va Markaziy bank 20 yanvar, dushanba kuni Oʻzbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qogʻozlari birlamchi joylashtirilishini maʼlum qildi.

Moliya vazirligi va Markaziy bank 20 yanvar, dushanba kuni Oʻzbekiston valyuta birjasida davlat qimmatli qogʻozlari birlamchi joylashtirilishini maʼlum qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot ximati xabar bermoqda.
Davlat qimmatli qogʻozlari qisqa muddatli gʻaznachilik majburiyatlari boʻlib, bir dona majburiyatning nominal qiymati 1 million soʻm.
Chiqarilish hajmi 300 milliard soʻm boʻlib, muomala davri 273 kun.
Soʻndirish sanasi — 2020 yil 19 oktyabr. Majburiyat boʻyicha daromad turi diskont boʻlib, daromadlilik sotib olish (yoki sotish) va soʻndirish qiymatlari orasidagi farqdan iborat.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

