# Shavkat Mirziyoyev
221 ta material

Prezident parranda goʻshti, sholi, kartoshka mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatma berildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda kartoshka boʻyicha Niderlandiya, sholi va baliqchilik boʻyicha Vyetnam tajribalaridan foydalanish kerakli aytib oʻtildi.

1 oktyabrga qadar tirikchilik uchun eng zarur boʻlgan isteʼmol savatchasi ishlab chiqiladi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun muhim boʻlgan isteʼmol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqadi.

Rahbarlarga kambagʻallikdan xalos etish rejasini ishlab chiqish topshirigʻi berildi
Pandemiya Oʻzbekistondagi 450 mingga yaqin oilalar daromadiga jiddiy taʼsir qilishi mumkin. Shavkat Mirziyoyev asosiy maqsad kambagʻal oilaning hech boʻlmaganda bitta aʼzosini ish bilan taʼminlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shugʻullanish zarurligini taʼkidladi.

Prezident topshirigʻi: Sergeli yer usti metrosi sentabr oyida foydalanishga topshiriladi
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan yangi ekoparkda mutasaddilar bilan oʻtgan uchrashuvda Sergeli yer usti metrosi sentabr oyida foydalanishga topshirilishi vazifasini qoʻydi.

Shavkat Mirziyoyev «Flowers Garden Park» ekoparkini sayr qildi (foto)
Davlat rahbari bogʻda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul doʻkonlarini koʻzdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxini 15-20 foiz tushirish mumkin (foto)
Davlat rahbari fermerlarning mahsulot olib kelishiga yordam berib, emin-erkin sotishiga sharoit yaratilishi kerakligini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev: Bolalarimizni vatanparvar, jamiyatga kerakli inson qilib tarbiyalamasak, kelajakka xiyonat qilgan boʻlamiz (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Sergeli tumanidagi 329-umumiy oʻrta taʼlim maktabini borib koʻrdi.

Shavkat Mirziyoyev 14 yildan beri ijarada yashab yurib, endi oʻz uyiga ega boʻlgan oila mehmoni boʻldi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib koʻrdi.

Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi
Shavkat Mirziyoyev: Bunday zamonaviy shifoxonani qurish sermashaqqat, undan samarali foydalanish esa undan ham qiyin. Shuning uchun bu yerga vrach emas, tashkilotchi odam rahbar boʻlishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev taʼkidlab oʻtgan isteʼmolchilardan kelib tushgan 11 mingta murojaat yechimi nima boʻlgan oʻzi?
Prezident tomonidan taʼkidlangan fuqarolardan kelib tushgan 11 mingdan ortiq murojaatning salkam 90 foizi federatsiya ulushiga toʻgʻri kelayotgani Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutining nechogʻli rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytiriladi
28 may kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet ochiladi
Oliy taʼlim tizimida raqobatni rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi oʻqish shakli ochiladi.

70 ta korxonani monopolistlar reyestrdan chiqarilishi mumkin
Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda.

Shavkat Mirziyoyev monopol korxonalarni tanqid qildi
Zamon oʻzgaryapti, lekin monopol korxonalar oʻzgara olmayapti. Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan oʻzlari olib ketishadi. Agar rahbarlar shunga munosib boʻlsa, ishlaydi, boʻlmasa, ketadi, – dedi Prezident.

Koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari bosqichma-bosqich tiklanadi
“Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab chiqildi. “Yashil” hududlar oʻrtasida ichki turizmga ruxsat berildi.

Oʻzbekiston transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha qancha zarar koʻrgani aytildi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini taʼminlash va izchil rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda transport korxonalari karantin cheklovlari sababli qancha zarar koʻrganligi aytildi.

Shavkat Mirziyoyev: Statistlar bergan raqamlar bilan shu paytgacha toʻgʻri yoʻnalish qilib boʻlmadi, xalqimiz manfaat koʻrmadi
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yigʻilishda "Shunday ogʻir sharoitda fidoyi boʻlmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar" - dedi.

Prezident Andijonda ochilgan texnoparkni borib koʻrdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida Digital City nomli texnopark bilan tanishdi. Yoshlar bilan suhbatda ularni doimiy oʻrganish, izlanishga chorladi.

Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilgan yangi qurilgan uylarni borib koʻrdi va xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida 10 yil qarovsiz yotgan, hozirda zamonaviy binoga aylangan korxonani borib koʻrdi
Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik va jinsi ishlab chiqarish, mato toʻqish va boʻyash korxonalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Andijon viloyatiga keldi.

Prezident Andijonga joʻnab ketdi
Safar davomida qishloq xoʻjaligi va sanoat korxonalari, bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri muzeyini borib koʻrdi (foto)
Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega boʻlgan hududning qadim oʻtmishi, urf-odat va anʼanalari, ilm-fani, madaniyati va sanʼatini oʻzida aks ettiradi.

Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto)
Bu yangi obʼyekt katta yuklamani oʻziga olib, “Toshkent-Chimyon” yoʻnalishi boʻyicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi.

Bank faoliyatiga mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatiga qarab baho beriladi
Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan bogʻliqligi bu boradagi muammolar koʻlamini koʻrsatadi.
