| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi99 marta oʻqildi

Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto)

Bu yangi obʼyekt katta yuklamani oʻziga olib, “Toshkent-Chimyon” yoʻnalishi boʻyicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi.

Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto)

20 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Ohangaron shossesi va Maxtumquli koʻchasi kesishmasidagi yoʻl oʻtkazgichni koʻzdan kechirdi.

Oxirgi uch yilda Toshkent shahrida yengil avtomobillar soni 95 mingtaga koʻpaygan. Hududlardan poytaxtga kelib-ketayotgan mashinalar soni ham oshmoqda.

Shu bois koʻchalarning oʻtkazuvchanligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish maqsadida oʻtgan 3 yilda 4 ta yoʻl oʻtkazgich koʻprik qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ohangaron shossesi Toshkent halqa yoʻlining bir qismi. Maxtumquli koʻchasining yangi qismi bitkazilgach, ushbu yoʻllarda transport harakati yanada ortgan edi. Ushbu koʻchalar kesishmasida 2018 yilda boshlangan loyiha bu yil roʻyobga chiqib, haydovchilarga juda katta qulaylik yaratdi.

Mazkur transport yechimi uch pogʻonadan iborat boʻlib, tunnel uzunligi 593 metr, halqa shaklidagi oʻrta pogʻona 29 metr, estakada qismi 502 metrni tashkil etadi. Tunnel va estakadada qatnov olti, oʻrta pogʻonada esa besh qatorli.

Ilgari bu chorraha soatiga 7 ming avtomashinani oʻtkazish quvvatiga ega edi. Endi soatiga 20 mingta transport vositasini uzluksiz oʻtkazish imkoniyati paydo boʻldi. Bu yerda svetofor ishlatilmasligi ham toʻxtovsiz harakatni taʼminlaydi.

Yana bir jihati – bu yangi obʼyekt katta yuklamani oʻziga olib, “Toshkent-Chimyon” yoʻnalishi boʻyicha masofani 22 kilometrga qisqartirdi.

- Poytaxtda yengil avtomobillar soni yanada koʻpayishi aniq. Shuning uchun ertangi kunni oldindan koʻrib, koʻchalarni kengaytirish, koʻpriklar qurish ishlarini davom ettirish kerak, - dedi Prezident.

Obʼyektda 170 ta energotejamkor yoritish ustunlari oʻrnatilgan, atrofda 15 ming kvadrat metr maydon obodonlashtirilgan.

Fotogalereya 12

  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 1-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 2-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 3-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 4-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 5-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 6-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 7-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 8-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 9-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 10-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 11-surat, jami 12 ta
  • Toshkent shahrida svetofor oʻrnatilmagan uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich ochildi (foto) — 12-surat, jami 12 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ