| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi232 marta oʻqildi

Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi

Shavkat Mirziyoyev: Bunday zamonaviy shifoxonani qurish sermashaqqat, undan samarali foydalanish esa undan ham qiyin. Shuning uchun bu yerga vrach emas, tashkilotchi odam rahbar boʻlishi kerak.

Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan koʻp tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi.

Koronavirus pandemiyasi butun dunyoga tarqalib, insonlar hayotiga katta xavf tugʻdirmoqda. Mamlakatimizda oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar, xalqimizning chuqur tushunishi va sabr-toqati bilan bu ofat jilovlanib, ommaviy yoyilib ketishining oldi olinyapti. Qisqa fursatlarda davolash-profilaktika muassasalari va karantin zonalari qurilgani bunda muhim omil boʻldi.

Zangiota tumanidagi maxsus shifoxona loyihasining umumiy qiymati 504 milliard soʻm boʻlib, 33 gektarda 2 ta kompleks qurilmoqda. Bunda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan.

Xususan, statsionar joylarning hammasi bokslangan, har bir xona avtonom. Biridagi havo boshqasiga oʻtmaydi. Ularga kirib-chiqish ham, xizmat koʻrsatish ham alohida. Kasallar kelgach, qabul boʻlimidan tambur orqali toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz palatasiga joylashtiriladi.

Barcha korpuslar, boʻlinmalar toza va notoza yoʻlaklar bilan ajratilgan. Toza yoʻlakdan faqat tibbiy personal oʻz vazifasini bajarish uchun foydalanadi. Shifokorlar harakatlanish chogʻida sanitar oʻtkazgichlar orqali oʻtadi. Bu barchaning – tashxisi noaniq boʻlganlar, vrachlar va boshqa xizmatchilarning xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi.

Davlatimiz rahbari kasalxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilar bilan suhbatda undan oqilona foydalanish, tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish muhimligini taʼkidladi.

- Bunday zamonaviy shifoxonani qurish sermashaqqat, undan samarali foydalanish esa undan ham qiyin. Shuning uchun bu yerga vrach emas, tashkilotchi odam rahbar boʻlishi kerak. Xodimlarning maoshi bonus tizimida boʻlishi zarur. Natija yaxshi boʻlsa, yaxshi daromad olishsin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fotogalereya 12

  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 1-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 2-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 3-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 4-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 5-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 6-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 7-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 8-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 9-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 10-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 11-surat, jami 12 ta
  • Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida boʻlishi zarurligini taʼkidladi — 12-surat, jami 12 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ