| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi140 marta oʻqildi

1 oktyabrga qadar tirikchilik uchun eng zarur boʻlgan isteʼmol savatchasi ishlab chiqiladi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun muhim boʻlgan isteʼmol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqadi.

1 oktyabrga qadar tirikchilik uchun eng zarur boʻlgan isteʼmol savatchasi ishlab chiqiladi

3 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga joriy yil 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal isteʼmol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishsizlik darajasi yuqori, infratuzilma tarmoqlari yetishmaydigan tumanlar, ayniqsa, chegaradosh hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha alohida yondashuv boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Bosh vazir oʻrinbosarlariga mahalliy hokimliklar bilan birgalikda shunday tumanlarda aholi bandligini oshirish va yashash sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ