# Shavkat Mirziyoyev
221 ta material

Kredit olishda tadbirkorlarga oʻrnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi
Aholining isteʼmol qobiliyatini oshirish maqsadida isteʼmol kreditlarini berish kengaytiriladi.

Kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etiladi
Kichik sanoat zonalarini infratuzilmaga ulash uchun joriy yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 200 milliard soʻm ajratiladi.

60 dan ziyod kasb egalari daromad soligʻidan ozod qilinadi
Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorning mulki noqonuniy olib qoʻyilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi
Prezident topshirigʻiga koʻra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi.

500 mingdan ortiq tadbirkorlar va 100 mingga yaqin aholiga 1,7 trillion soʻmlik koʻmak beriladi
40 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan aholi daromad soligʻidan ozod qilinadi
Oʻzini oʻzi band qilayotgan, qoʻlida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etiladi.

Shavkat Mirziyoyev: Suv toshqinidan zarar koʻrgan xonadon egalarining har biriga 40 million soʻmlik moddiy yordam koʻrsatiladi
Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablagʻi suv toshqinidan zarar koʻrgan xonadon egalariga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Uylar davlat tomonidan bepul qurib-taʼmirlab beriladi
Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev odamlar yangi koʻp qavatli uylarga va oʻzlarining taʼmirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha toʻliq koʻchib oʻtishi mumkinligini aytib oʻtdi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham oʻzlarida qoladi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi uchun 66 ta 5 qavatli uy qurib beriladi
Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida dastlab Sardoba tumanida boʻlib, hududda olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi. Taʼmirlanayotgan xonadonlarni kirib koʻrdi, odamlar bilan suhbatlashdi.

Tadbirkorlar va aholiga bir qancha imtiyozlar beriladi
Ehtiyojmand oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida nafaqa oluvchi oilalar soni qoʻshimcha 70 mingtaga yoki 10 foizga koʻpaytirilib, byudjetdan yana 200 milliard soʻm ajratiladi.

Shavkat Mirziyoyev: “Afrosiyob” tezyurar poyezdi qatnovini qayta yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda
Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 may kuni oʻtkazilgan yigʻilishda shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati boʻyicha cheklovlarni bekor qilish masalasi oʻrganilayotgani aytib oʻtildi.

Shavkat Mirziyoyev: Har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi
Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish oʻrinlari internet texnologiyalari yordamida yaratiladi. Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilishda vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini qoʻllash darajasiga qarab undagi rahbarlarning oylik mukofot pulini oshirish yoki kamaytirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev: Bugungi qutlugʻ ayyomda oʻz jonini ona yurt uchun qurbon qilgan vatandoshlarimizning ruhi poklari oldida bosh egib taʼzim qilamiz (foto)
Gʻalaba bogʻidagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Marosimda urush va mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar jam boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gul qoʻydi (foto)
Davlatimiz rahbari 9 may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev: Har bir rahbar oʻz ish uslubini oʻzgartirsa, qishloqda, mahallada oʻzgarish boʻlsa, iqtisodiyot ham rivojlanadi
Shuncha saʼy-harakatlarimiz, qabul qilayotgan qarorlarimiz qishloqdagi oddiy odamlar hayotiga nima oʻzgarish olib kirayapti, daromadi koʻpaydimi, ishga joylashdimi, bolasi oʻqishga kirdimi, uyli-joyli boʻldimi, toʻyib ovqatlanayaptimi, toza suv ichyaptimi, degan savollar meni juda qiynaydi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev: Ertaga “yashil” viloyatdagi biror bir tumanda kasallik aniqlanadigan boʻlsa, butun viloyatning toifasini oʻzgartirish shart emas
Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilib, oʻzimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning sogʻligʻini himoya qilish uchun masʼul ekanimizni unutmasligimiz zarur va shart, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev: Sardobadagi suv toshqinida 4 nafar fuqaromiz halok boʻlgan, 1 nafari bedarak yoʻqolgan
Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir boʻlgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok boʻlgani, 1 nafari bedarak yoʻqolgani aniqlandi, dedi Prezidentimiz.

Oʻzbekistonda karantin rejimi asta-sekin yumshatiladi
Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak boʻlmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy taʼsir qilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev videoselektor yigʻilishida.

Viloyatlarda quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalari quriladi
Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni yoqilgʻi-energetika tarmogʻida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda viloyatlarda quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyalari qurishga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar bilan qishloq xoʻjaligi maydonlarini qayta foydalanishga kiritish masalalarini muhokama qildi
3 may kuni Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod tumanida hukumat aʼzolari, mutasaddi rahbarlar bilan qishloq xoʻjaligi maydonlarini qayta foydalanishga kiritish, shikast yetgan yoʻl va koʻpriklarni taʼmirlash masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev oʻz uylariga qaytgan odamlar bilan muloqotda boʻldi (foto)
3 may kuni Sardoba tumanidagi Qoʻrgʻontepa mahallasi aholisi oʻz uylariga qayta boshladi. Shavkat Mirziyoyev mahalladagi xonadonlarda boʻlib, xonadon egalaridan hol-ahvol soʻradi.

Shavkat Mirziyoyev suv omborida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi (foto)
3 may kuni Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi va olib borilayotgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Gulistonga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashib, soʻngra Toshkentga qaytdi.

Sirdaryoda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yuz bergan favqulodda hodisa yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi
Yigʻilishda favqulodda hodisa va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev: Qurilish, taʼmirlash va yangi uylar barpo etish boʻyicha xalq bilan masalahatlashib ish tutamiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanidagi suv toshqiniga duch kelgan mahalalarni borib koʻrdi. Oʻz mahallasiga qaytgan odamlar bilan muloqotda boʻlib, talafot koʻrgan joylarda turmush sharoitlari tez kunlarda tiklanishi, aholiga har tomonlama koʻmak berilishini taʼkidladi.
