Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorning mulki noqonuniy olib qoʻyilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi
Prezident topshirigʻiga koʻra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi.

Pandemiya tufayli kambagʻal aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi kamayishi tayin. Shu sababli qisqa fursatda yangi ish oʻrinlari yaratish uchun kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni faol qoʻllab-quvvatlash zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishida bu boradagi qoʻshimcha chora-tadbirlar va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Avvalo, tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini taʼminlash masalasiga jiddiy eʼtibor qaratildi.
– Barcha hokimlarni ogohlantiraman. Birorta tadbirkorning mulki noqonuniy olib qoʻyilsa, hokim faqat ishdan ketish bilan qutulmaydi, balki qonun oldida javob beradi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddi idoralarga mulk daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, mulkni kompensatsiya qilish boʻyicha tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan sud qarorlari ijrosini toʻliq taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Prezidentimiz topshirigʻiga koʻra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari toʻgʻrisida hukumatga maʼlumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini koʻrib chiqadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

