Shavkat Mirziyoyev: Uylar davlat tomonidan bepul qurib-taʼmirlab beriladi
Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev odamlar yangi koʻp qavatli uylarga va oʻzlarining taʼmirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha toʻliq koʻchib oʻtishi mumkinligini aytib oʻtdi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham oʻzlarida qoladi.

Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv boʻldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev suv omborida yuz bergan texnogen avariya juda katta sinov boʻlganini, Hukumat komissiyasi tashkil etilib, toshqin oqibatlarini bartaraf etishga barcha kuch va imkoniyatlar safarbar qilinganini yana bir bor qayd etdi.

Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida aholi uchun 66 ta 5 qavatli uy qurib beriladi
– Bu ishlarni tashkil etish va Sirdaryo xalqidan xabar olish uchun bugun toʻrtinchi marta sizlarning oldingizga keldim. Har soat, har daqiqa bu yerdagi ishlar holatini surishtirib turibman, telefon orqali hisobot olyapman, – dedi davlatimiz rahbari.
Aholining turmush sharoitlarini tiklash asosiy vazifa ekani, zararlangan uylarni taʼmirlash hamda yangi turar joylar qurish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgani taʼkidlandi.
– Taʼmirlanadigan uylar ham, yangi quriladiganlari ham davlat tomonidan bepul qurib-taʼmirlab beriladi. Odamlar yangi koʻp qavatli uylarga va oʻzlarining taʼmirlangan hovli-joylariga 1 sentyabrgacha toʻliq koʻchib oʻtishi mumkin boʻladi. Shu bilan birga, uylari zararlangan odamlarning ilgarigi hovlilari ham oʻzlarida qoladi, – dedi Prezident.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

