| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 445 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev oʻz uylariga qaytgan odamlar bilan muloqotda boʻldi (foto)

3 may kuni Sardoba tumanidagi Qoʻrgʻontepa mahallasi aholisi oʻz uylariga qayta boshladi. Shavkat Mirziyoyev mahalladagi xonadonlarda boʻlib, xonadon egalaridan hol-ahvol soʻradi.

Shavkat Mirziyoyev oʻz uylariga qaytgan odamlar bilan muloqotda boʻldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev suv toshqiniga duch kelgan qishloqlarda boʻlib, hududni tozalash, infratuzilma obʼyektlarini tiklash, aholi uchun sharoit yaratish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xoʻjaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, qurilish-taʼmirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlari natijasida bu yoʻnalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Toshqin tufayli hosil boʻlgan chiqindilar yigʻishtirilib, hudud dezinfeksiya qilinmoqda. Oʻt oʻchirish mashinalari yordamida koʻlmaklardagi suv tortib olinmoqda. Yoʻllar ochilib, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tiklanmoqda.

Natijada bugun ayrim mahallalarda oilalar oʻz uylariga qayta boshladi. Boshqa joylarda tozalash-taʼmirlash ishlari tezkor surʼatlarda davom etmoqda. Yaqin vaqtlarda ularda ham zarur sharoitlar yaratilib, hayot yana oʻz iziga tushadi.

Prezidentimiz Sardoba tumanidagi Qoʻrgʻontepa mahallasini borib koʻrdi. Hukumat komissiyasi mutasaddilari amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Ushbu mahalla fuqarolar yigʻinida 530 ta xonadon boʻlib, 4200 nafar aholi istiqomat qiladi. Hudud suv toshqiniga birinchi boʻlib duch kelgan, odamlar tezkor ravishda xavfsiz joylarga koʻchirilgan edi.

Katta kuch va texnika vositalari, askarlar, xodimlar jalb qilinib, amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar natijasida tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilyapti, odamlar oʻz uylariga qayta boshladi.

Davlatimiz rahbari shunday uylardan biriga kirib, xonadon egalaridan hol-ahvol soʻradi. Barcha qatori ularga ham moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatilishi, hech kim eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan chetda qolmasligini yana bir bor taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev qadrdon makoniga qaytgan mahalla aholisi bilan muloqotda boʻldi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ