500 mingdan ortiq tadbirkorlar va 100 mingga yaqin aholiga 1,7 trillion soʻmlik koʻmak beriladi
40 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Soʻnggi ikki oyda pandemiyaning aholi turmush tarzi va iqtisodiyot tarmoqlariga taʼsirini yumshatish boʻyicha Prezidentning 12 ta farmon va qarori qabul qilindi. Buning natijasida 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subʼyekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion soʻmlik imtiyoz va preferensiyalar berildi.

Oʻzini oʻzi band qilgan aholi daromad soligʻidan ozod qilinadi
18 may kuni davlatimiz rahbarining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 500 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼyektlari va 100 mingga yaqin aholiga qoʻshimcha 1,7 trillion soʻmlik koʻmak beriladi.
– Qanchalik ogʻir boʻlmasin, nima sharoit yaratish zarur boʻlsa, barchasini qildik. Endi iqtisodiyot va investitsiya komplekslari, sektor rahbarlari quyi tizimda ushbu imtiyozlarning har bir tadbirkor va fuqarogacha yetib borishini taʼminlashi kerak, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Respublika komissiyasiga sohalar va hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, qolgan 40 mingdan ortiq tadbirkorlik subʼyektlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich ruxsat berish vazifasi qoʻyildi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda mamlakatimizning 38 ta tumani “qizil” zonada qolayotgani bois karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish talab etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

