Kredit olishda tadbirkorlarga oʻrnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanadi
Aholining isteʼmol qobiliyatini oshirish maqsadida isteʼmol kreditlarini berish kengaytiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga ajratilgan 1 trillion soʻm kredit mablagʻlarini qaytarish muddati uzaytirildi. Shu bois, ushbu dasturni toʻliq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratildi.
Prezidentimiz mahsulot, uskuna, xomashyo hamda aylanma mablagʻlar uchun kredit olishda tadbirkorlarga oʻrnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanishi kerakligini taʼkidladi. Markaziy bankka kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subʼyektlariga kreditlar berish shartlarini soddalashtirish boʻyicha topshiriq berildi.
Mahsulotlarga talabni yaratish uchun savdo faoliyatini ragʻbatlantirish, aholining isteʼmol qobiliyatini oshirish maqsadida isteʼmol kreditlari berishni kengaytirish lozimligi qayd etildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

