60 dan ziyod kasb egalari daromad soligʻidan ozod qilinadi
Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Oʻzini oʻzi band qilayotgan, qoʻlida kasb-hunari bor odamlarga munosib sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Yaʼni, sartarosh, etikdoʻz, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, kompyuter dasturchisi kabi oʻzini oʻzi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad soligʻidan ozod qilinadi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida bunday fuqarolarni roʻyxatga olish va hisobini yuritish boʻyicha mobil ilova ishlab chiqiladi.
Maʼlumki, yil boshida xususiy notariuslikka ruxsat berilgani natijasida 617 ta davlat notariusi xususiy boʻldi va byudjetdan berilayotgan 200 milliard soʻm iqtisod qilindi.
Xuddi shuningdek, hozirgi kunda davlat idoralari koʻrsatayotgan kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer ajratishda toposuratga olish kabi xizmatlarni xususiy sektorga oʻtkazilsa, minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga aniq hisob-kitob asosida, xususiy sektorga oʻtkazish mumkin boʻlgan davlat xizmatlari roʻyxatini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

