| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi172 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev: Suv toshqinidan zarar koʻrgan xonadon egalarining har biriga 40 million soʻmlik moddiy yordam koʻrsatiladi

Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablagʻi suv toshqinidan zarar koʻrgan xonadon egalariga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev: Suv toshqinidan zarar koʻrgan xonadon egalarining har biriga 40 million soʻmlik moddiy yordam koʻrsatiladi

Suv toshqinidan zarar koʻrgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan 40 million soʻmlik moddiy yordam, shuningdek, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinasi, minipech, elektr choynak va dazmol kabi maishiy texnikalardan iborat sovgʻalar topshirilmoqda.

Vatandoshimiz Alisher Usmonov ajratgan 10 million dollar xayriya mablagʻi ham shunga yoʻnaltirilgan. Sirdaryo viloyatiga koʻmak uchun hokimliklar, vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda tadbirkorlar ham yordam koʻrsatgan.

Shavkat Mirziyoyev: Uylar davlat tomonidan bepul qurib-taʼmirlab beriladi

Uchrashuvda qatnashgan sardobaliklarga tegishli sertifikat va bank kartochkalari tarqatildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ