Shavkat Mirziyoyev suv omborida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi (foto)
3 may kuni Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi va olib borilayotgan ishlar yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 may kuni Sirdaryo viloyatida boʻlib, Sardoba suv ombori hududida amalga oshirilayotgan tiklash-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish lozimki, mazkur suv inshooti Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi 6 ta tuman ekin maydonlarini suv bilan taʼminlash maqsadida barpo etilgan. Hozirgi vaqtda toshqin yuz bergan joyda 2 ta brigada tashkil etilib, toʻgʻon yorigʻining chap va oʻng qirgʻoqlarida jadal ish olib borilmoqda. Bu jarayonga yuzlab malakali mutaxassislar, mingdan ortiq maxsus texnikalar jalb etilgan. Katta harsang toshlar, beton bloklar va plitalar, boshqa tegishli qurilish materiallari keltirilib, toʻgʻon oldida yarim aylana shaklida toʻsiq devor barpo etilmoqda. Ishchi-muhandislar, haydovchilar uchun barcha sharoit yaratilib, saʼy-harakatlar kechayu kunduz tashkil etilgan.

Shavkat Mirziyoyev bajarilgan ishlarni sinchiklab koʻzdan kechirib, mutasaddi rahbarlar va mutaxassislarga zarur koʻrsatmalar berdi.

Maʼlumki, suv toshqini asosan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari aholi punktlari va ekinzorlariga zarar yetkazgan. Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu tumanlardagi 22 ta qishloqdan jami 60 mingdan ziyod aholi evakuatsiya qilingan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

