| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi71 marta oʻqildi

Kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etiladi

Kichik sanoat zonalarini infratuzilmaga ulash uchun joriy yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 200 milliard soʻm ajratiladi.

Kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Karantin davrida koʻpgina tashkilotlar toʻlov qobiliyatini yoʻqotib, bankrotlik yoqasiga kelib qolishi mumkin. Shu sababli, korxonaga sanatsiya qoʻllanilsa, uning soliq va boshqa toʻlovlardan qarzdorligi karantin tugaganidan keyin undirilishi mumkinligi belgilandi.

Yigʻilishda davlat aktivlarini tadbirkorlarga sotish tizimi tanqid qilindi.

Unda haligacha byurokratizm saqlanib qolgan. Jumladan, auksionga qoʻyilgan ayrim yer uchastkalari va koʻchmas mulk obʼyektlarining investitsiya majburiyatlari yuqoriligi, infratuzilma rivojlanmagan joylardan ajratilgani sababli ularning 53 foizi koʻpdan beri sotilmay turibdi. Shuningdek, 57 ta tuman va shaharda soʻnggi 4 oyda tadbirkorlik uchun birorta yer uchastkasi auksionga chiqarilmagan. Joylarda davlat ulushi mavjud 552 ta obʼyekt boʻsh turibdi.

Ushbu inshootlarda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish, ayrimlarida kichik sanoat zonalari tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bundan buyon kichik sanoat zonalari mulk huquqi asosida tashkil etilib, boshqaruvga xususiy sektor keng jalb qilinadi. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hokimliklar bilan birga ushbu kichik sanoat zonalari joyini aniqlash, infratuzilmasiga mablagʻ ajratish, boshqaruvga xususiy sektorni keng jalb qilish bilan shugʻullanadi. Ularni infratuzilmaga ulash uchun joriy yilda Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 200 milliard soʻm ajratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ