| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi152 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev: Sardobadagi suv toshqinida 4 nafar fuqaromiz halok boʻlgan, 1 nafari bedarak yoʻqolgan

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir boʻlgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok boʻlgani, 1 nafari bedarak yoʻqolgani aniqlandi, dedi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoyev: Sardobadagi suv toshqinida 4 nafar fuqaromiz halok boʻlgan, 1 nafari bedarak yoʻqolgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni videoselektor yigʻilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan favqulodda hodisalarga yana bir bor alohida toʻxtalib oʻtdi.

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir boʻlgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Ularning barchasiga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazilmoqda.

Oʻzbekistonda karantin rejimi asta-sekin yumshatiladi

Suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va sabablarini oʻrganish boʻyicha Hukumat komissiyasi ishlamoqda. Zarar yetgan uy-joylarni tiklash va taʼmirlash, odamlarni oʻzining tiklangan uyiga qaytarish va roʻzgʻoriga yordam berish, infratuzilmani tiklash, aholi salomatligini himoya qilish boʻyicha barcha masalalar hal qilinmaguncha Sirdaryoga biriktirilgan har bir rahbar kuchaytirilgan safarbarlik rejimida ishlaydi.

Bu hududlardagi odamlarning hayotini nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki uni yanada yaxshilash kerak. Ularga yangi uy-joylar, ijtimoiy obʼyektlar barpo etib, yangi ish oʻrinlari yaratib berishimiz shart, deb hisoblayman.

Bugungi kunda qator mahallalarda keng qamrovli tozalash-tiklash ishlari amalga oshirilyapti, natijada 53 mingdan ziyod aholi oʻz uylariga qaytishi yoki yaqin qarindoshlari uyiga koʻchib oʻtishi taʼminlandi.

Takror aytaman, davlatimiz, jamiyatimiz hech kimni bunday kutilmagan falokatlar qarshisida yolgʻiz va eʼtiborsiz qoldirmaydi.

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboriga borib, toʻgʻonni tiklash ishlarini koʻzdan kechirdi (foto)

Odamlarimiz hayotini saqlab qolish va evakuatsiya qilishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari muhim rol oʻynadi. Bugungi kunda ular avariya va tiklash ishlariga keng jalb etilgan.

Afsuski, hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok boʻlgani, 1 nafari bedarak yoʻqolgani aniqlandi. Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan. Ular oʻz jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolishdi.

Halok boʻlganlarning yaqinlari va oila aʼzolariga oʻzimning chuqur hamdardligimni bildiraman.

Yigitlarimizning jasorati barcha kasbdoshlari va yoshlar uchun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilishning namunasi boʻlib qoladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ