Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytiriladi
28 may kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini taʼminlash va isteʼmolchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar ham batafsil tahlil qilindi.
– Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish haqida koʻp gapiriladi, lekin amalda bu tizim toʻla tashkil qilingani yoʻq. Buni talab qiladigan muhit yoʻq, bilim yoʻq, ommaviy axborot vositalarida targʻibot yetishmaydi, – dedi davlat rahbari.
Oʻtgan yilda isteʼmolchilardan tushgan 11 mingdan ortiq shikoyatlarning 50 foizi kommunal va transport, 25 foizi savdo, qolgan 25 foizi aloqa, moliyaviy xizmatlar va boshqa sohalarga oid boʻlgan.
Bunga asosiy sabab – monopol korxonalar oʻz manfaatiga moslab hujjatlar ishlab chiqqan boʻlib, ularda isteʼmolchilar manfaati toʻliq inobatga olinmagan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi qoʻyildi.
Qoʻmitani isteʼmolchilarning manfaatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri himoya qiladigan xalq vakillik organi – Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini koʻrib chiqish topshirigʻi berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

