Shavkat Mirziyoyev 14 yildan beri ijarada yashab yurib, endi oʻz uyiga ega boʻlgan oila mehmoni boʻldi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib koʻrdi.

Tashqi koʻrinishi bilan ajralib turgan bu imorat zamonaviy standartlar asosida zilzilaga bardoshli qilib qurildi. Devorlarida energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Internet tarmogʻi, videokuzatuv va yongʻin xavfsizligi uskunalari bilan jihozlandi. Uy 2-3 xonali 80 ta xonadondan iborat boʻlib, kam taʼminlangan va muhtoj oilalarga topshirilgan.

Davlatimiz rahbari shu uydagi Sharofiddin va Shahnoza Joʻraboyevlar xonadonida boʻlib, ular bilan suhbatlashdi.
Bu oila 14 yildan beri ijarada yashab kelayotgan edi.
Oxirgi uch yilda Sergeli tumanida jami 19 ming 522 xonadonli 460 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. 26 ta namunaviy tipdagi mahalla guzarlari bunyod etildi.
Bolalar bogʻchalari, maktablar, poliklinika va boshqa obʼyektlar qurib, aholiga munosib sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Fotogalereya 3
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?




