| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi57 marta oʻqildi

Bank faoliyatiga mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatiga qarab baho beriladi

Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan bogʻliqligi bu boradagi muammolar koʻlamini koʻrsatadi.

Bank faoliyatiga mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatiga qarab baho beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda tijorat banklari oldidagi vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan bogʻliqligi bu boradagi muammolar koʻlamini koʻrsatadi. Shuningdek, bank xizmatlari boʻyicha tadbirkorlar murojaatlari Milliy bankda 10 foiz, Mikrokreditbankda 11 foiz, Agrobankda 13 foiz ijobiy hal qilingan, xolos.

Prezidentimiz bank faoliyatiga mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatiga qarab baho berilishini alohida qayd etdi.

Tijorat banklari kichik biznes rivojida muhim boʻgʻin ekani, har bir tumandagi “oʻsish nuqtalari”ga mablagʻ yoʻnaltirib, tadbirkor va fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashi zarurligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Mutasaddilar yigʻilishda muhokama qilingan masalalar ijrosini tashkil etish yuzasidan axborot berdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ