| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi137 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijonda qurilgan yangi qurilgan uylarni borib koʻrdi va xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto)

Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam – 2018 yil 20 may kuni Andijon shahridagi yangi uy-joylarni koʻrgan edi. Mazkur hududda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, qoʻshimcha turar joylar qurish boʻyicha topshiriq bergandi. Shu asosida shaharda yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi.

Prezidentimiz ushbu mavzeni borib koʻrdi. Xonadonlardan birida boʻlib, oila bilan suhbatlashdi.

Uylar jahon standartlari asosida yaxlit temirbetondan zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari energotejamkor bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmogʻi, videokuzatuv uskunalari oʻrnatilgan. Jihozlash ishlari mart oyida yakunlanib, aholiga tayyor holda topshirildi.

Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar oʻyingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.

Maʼlumki, Andijon aholi zichligi eng yuqori hududlardan biri. Bu yangi uylarda shuncha maydondagi boshqa loyihalarga nisbatan 2 barobar koʻp xonadonlar joylashgani mahalliy sharoit uchun juda muhim. Shu bois xonadonlarning narxi ham xamyonbop.

Aholini turar joylar bilan taʼminlashni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

– Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy. Odamlarning boshpanasi boʻlsa, oʻzi harakat qilib, roʻzgʻorini oyoqqa qoʻyib oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega koʻp qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Fotogalereya 7

  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 1-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 2-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 3-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 4-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 5-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 6-surat, jami 7 ta
  • Shavkat Mirziyoyev: Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy (foto) — 7-surat, jami 7 ta

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ