Self made
117 ta material

Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovnomada 65 % tadbirkorlar talab oʻsishini kutmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan soʻralgan korxonalarning 65% talab oʻsishini kutmoqda. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, iqtisodiyot jadal rivojlanadi.

Buxorodagi issiqxona egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlari toʻliq Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tomonidan qoplanadi.

Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionatining milliy bosqichida ishtirok eting
Musobaqa ishtirokchilari EWC tanlovi koʻmagida yetakchi xorijiy mutaxassislarning ustozlik darslarida qatnashish, biznes aloqalarini kengaytirish, loyihalariga investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorlarga chiqish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.

Oʻzbekistonda ilk marta tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan robot yaratildi
Ushbu robot imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish oʻrinlarining koʻpayishiga ham xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda oʻz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda koʻmakchi sifatida ishlatish mumkin. Uning yana bir qancha qoʻshimcha funksiyalari hamda narxi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Toshkent filiali ochilmoqda
Filialda hozircha ikkita yoʻnalish mavjud – elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish hamda xalqaro biznes va tadbirkorlik. Kirish imtihoni 15 avgust kuniga moʻljallangan.

Tadbirkorlarga “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar beriladi
1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subʼyektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

Korrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi
27 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy oʻrganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab boʻlayotgan vakolatlarni qisqartirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Umid Abidxodjayev: Virus juda koʻpchilikka yuqadi, hamma gap bu muddatni uzaytirishda
Oksford universitetining baholariga koʻra, 18-23 million, yaʼni 70 foiz odam koronavirus kasalligini boshidan oʻtkazishi kerak. Hamma masala ularning kasallanishi davrini uzoq muddatga choʻzishda, deydi Umid Abidxodjayev.

Tadbirkorlarga koʻchma savdo qilish huquqi beriladi
2021 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarga hokimiyat organlari bilan shartnoma tuzmasdan soliq organlarini xabardor qilish orqali avtodoʻkon, avtomagazin, avtotirkama, avtotsisterna va fudtraklar orqali savdo qilish huquqi beriladi.

Aholi va tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar beriladi
2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan taʼminlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda jahon bankining 2 million dollar mablagʻi doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini taʼminlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qoʻshimcha ravishda 98 million AQSh dollari ajratiladi.

Pandemiya davrida kredit qarzdorliklari 1 oktyabrgacha uzaytirildi
Koronavirus pandemiyasining oqibatida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarining kredit toʻlovlari muddati qarzdorning pul oqimi tahlilidan kelib chiqib, tomonlarning kelishuviga koʻra joriy yilning 1 oktyabriga qadar uzaytiriladi.

COVID-19 karantin cheklovlari: jahondagi vaziyat
"Markazimiz tomonidan 165 davlat tajribasi, pandemiya davrida qoʻllagan choralari oʻrganildi. Har bir davlatning oʻz iqtisodiyotidan kelib chiqqan modellari bor. Oʻzbekiston tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy yordam koʻrinishida emas, kredit toʻlovlarini kechiktirish, soliq imtiyozlari koʻrinishida koʻmak koʻrsatdi", - Umid Abidxadjayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktorining oʻrinbosari.

Navoi viloyatida tadbirkorlarning 3 mlrd soʻm puli undirib berildi
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan vazirlik va markaziy idoralar, hududiy sektorlar, sud organlari rahbarlarini jalb etgan holda Navoiy viloyatining Uchquduq, Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida sayyor qabullar tashkil etildi.

Tsementni “yashil yoʻlak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yoʻlak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga koʻra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan oʻtkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.

Oʻzbekistonda ishbilarmonlik muhiti iyun oyida sezilarli darajada oʻsdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda biznes iqlimini oʻrganish boʻyicha tadbirkorlar oʻrtasida iyun oyida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalarini eʼlon qilmoqda.

Qator tashkilotlarning monopol huquq va imtiyozlari bekor qilinishi mumkin
Raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan imtiyozlar bekor boʻladi.

Biznesni qoʻllab-quvvatlashdan banklarni xususiylashtirishgacha
XMKning Markaziy Osiyo, Armaniston va Gruziya davlatlari moliyaviy bozoridagi sarmoyalar boʻyicha rahbari Galina Klimenko "Ekonomicheskoye obozreniye" jurnaliga Xalqaro moliya korporatsiyasining (XMK) Oʻzbekiston moliya sektoridagi faoliyati toʻgʻrisida hisobot berdi.

Xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan kredit beriladi
Kredit mablagʻlarining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Prezident 16 iyun kuni oʻtgan yigʻilishda Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun 100 million dollardan ziyodroq mablagʻ ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev 16 iyun kuni oʻtgan yigʻilishda, maishiy uskunalarni taʼmirlash ustaxonalari, kimyoviy tozalash shoxobchalari, kompyuter dizaynerligi, buxgalteriya, reklama, pullik tibbiy xizmat kabi tadbirkorlik subʼyektlarini rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Onlayn inkasso yangi tartibi qanday ishlaydi?
16 iyundan boshlab tadbirkorlik subʼyektlarining bajarilmagan soliq majburiyatlariga nisbatan soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomasi qoʻyishda yangi tartib joriy etiladi.

Karantin tartiblari 1 avgustga qadar uzaytirildi
Ruxsat berilgan tadbirkorlik obʼyektlarida kasallik holati aniqlansa, davolash xarajatlarini tadbirkorlarning oʻzlari qoplaydi.

Grantda oʻqigan talabalarni hududlarda 3 yil ishlashga joʻnatish taklif qilindi. Bu qanday boʻladi?
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov Kun.uz saytiga davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yoʻnaltirish haqidagi Prezident taklifi uchun fikrlarini bildirdi.
