Onlayn inkasso yangi tartibi qanday ishlaydi?
16 iyundan boshlab tadbirkorlik subʼyektlarining bajarilmagan soliq majburiyatlariga nisbatan soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomasi qoʻyishda yangi tartib joriy etiladi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi doirasida soliq organlari faoliyatiga IT texnologiyalarni yanada kengroq tatbiq etishga eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan, 2020 yilning 16 iyun sanasidan boshlab tadbirkorlik subʼyektlarining bajarilmagan soliq majburiyatlariga nisbatan soliq organlari tomonidan inkasso topshiriqnomasi qoʻyishda yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Davlat Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Birinchidan, inkasso topshiriqnomalari Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan markazlashgan holda inson ishtirokisiz dasturiy mahsulot orqali avtomatik ravishda qoʻyiladi. Inkasso topshiriqnomasini shakllantirishda dasturiy mahsulot nimalarga eʼtibor beradi:
Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini bank hisobvaragʻiga taqdim etganligi;
Boshqa soliq turida yuzaga kelgan soliq qarzi miqdorida ortiqcha toʻlov summasi mavjudligi;
Soliqlarni toʻlash muddatlari kechiktirilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari asosida soliq qarzini undirish toʻxtatilganligi.
Ikkinchidan, soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari ham inson ishtirokisiz avtomatik ravishda chaqirtirib olinadi. Bunda, inkasso topshiriqnomasini avtomatik chaqirib olish uchun nomzod shakllantirishda dasturiy mahsulot nimalarga eʼtibor beradi:
Soliq qarzi tadbirkorlik subʼyekti tomonidan toʻliq toʻlab berilganligi;
Soliq qarzi qonunda belgilangan tartibda toʻliq bartaraf etilganligi.
Uchinchidan, Soliq kodeksida belgilangan soliqlarni toʻlash muddatidan keyingi kundan kechiktirmasdan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda ogohlantirish talabnoma yuboradi.
Toʻrtinchidan, avtomatik ravishda shakllantirilgan inkasso topshiriqnomasi soliqlarni toʻlash muddatidan keyin avtomatik ravishda soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga yuboriladi.
Beshinchidan, bajarilmagan soliq majburiyati mavjud boʻlgan barcha tadbirkorlik subʼyektlarining soliq qarzini byudjetga undirishda bir xil yondashuv taʼminlanadi.
Oltinchidan, soliq organi tomonidan soliq toʻlovchilarning bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini asossiz ravishda ortiqcha yechib olish holatlariga butunlay chek qoʻyiladi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-moddasida soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun javobgarlik belgilangan.
"Hurmatli soliq toʻlovchilar!
Soliq majburiyatlaringizni oʻz vaqtida bajarishni unutmang va albatta quyidagi tartiblarga amal qiling:
Soliq hisoboti topshirgandan soʻng shaxsiy kabinet orqali soliq qarzi yuzaga kelmaganligiga ishonch hosil qiling;
Topshirilgan soliq hisoboti boʻyicha yuzaga kelgan soliq majburiyatlariga Soliq kodeksida belgilangan toʻlov muddatidan kechikmasdan toʻlov topshiriqnomasi qoʻyilishini taʼminlang hamda soliq organi maʼlumotlar bazasiga kelib tushganligini tekshirib koʻring", deyiladi xabard
a.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

