| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi384 marta oʻqildi

Tadbirkorlarga “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar beriladi

1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subʼyektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi” beriladi

Tadbirkorlarga “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” yangi Farmonni imzoladi.

Unga koʻra, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subʼyektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni (keyingi oʻrinlarda – Belgi) berish amaliyoti joriy qilinadi;

Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi – “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha 12 oy muddatgacha beriladi;

  • natijada: mazkur belgini joriy etish kelgusida kasalliklar, shu jumladan oziq-ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish imkonini beradi;

  • “yashil” toifadagi Belgiga ega boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan oʻrganilishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno);

  • Belgi tadbirkorlik subʼyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi;

  • tadbirkorlik subʼyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) Belgini olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 oktyabrga qadar Belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ