| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi74 marta oʻqildi

Qator tashkilotlarning monopol huquq va imtiyozlari bekor qilinishi mumkin

Raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan imtiyozlar bekor boʻladi.

Qator tashkilotlarning monopol huquq va imtiyozlari bekor qilinishi mumkin

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subʼyektlariga beriladigan eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, individual soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihalarini ishlab chiqdi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Loyihalarda «Oʻzmetkombinat» AJning qora metallarni, “Oʻzavtorsvetmet” AJning rangli metallarni, «Davlat belgisi» DUKning turli xil qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarishidagi monopol holati va eksklyuziv huquqlarini, “Oʻzstandart” Agentligiga tegishli oʻlchov vositalarini tekshirish va shtrix-kodlarni berish boʻyicha korxonalari kabi monopoliyalarni bekor qilish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari muayyan sohalarda loyihalash ishlari uchun individual dizayn institutlari, alohida davlat idoralariga xizmat koʻrsatadigan individual sugʻurta kompaniyalari monopol holati bekor qilinishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, biznes uchun teng boʻlmagan shart-sharoitlarni, xususan, «Oʻzbekipaksanoat», «Oʻzyogʻmoysanoat», «Oʻzeltexsanoat», «Parrandasanoat», «Oʻzbekistonasalarichilari», kartoshka ishlab chiqaruvchilar, «Oʻzcharmsanoat» kabi turli birlashmalar aʼzolariga, “Xalq bank”, “Mikrokreditbank”, “Agroeksportbank” tijorat banklari, individual paxta va toʻqimachilik klasterlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarini bekor boʻlishi koʻzda tutilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ