Oʻzbekistondagi ishbilarmonlik muhitini baholash boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovnomada 65 % tadbirkorlar talab oʻsishini kutmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan soʻralgan korxonalarning 65% talab oʻsishini kutmoqda. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, iqtisodiyot jadal rivojlanadi.

Umuman olganda, 2020 yil iyul oyida ishbilarmonlik muhiti, hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari koʻrsatkichlari oʻrtacha pasayishlarni koʻrsatdi. Biroq, joriy koʻrsatkichlar bu yil may oyi natijalaridan yuqori boʻlib qolmoqda (1-rasm).
1-rasm. Ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichlarining dinamikasi, rivojlanish istiqbollari va hozirgi holati

Korxonalarni oʻrganish ikki yoʻnalishda olib borildi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning keyingi 2-3 oy ichida oʻz bizneslarini rivojlantish istiqbollariga boʻlgan umidlari.
Ishbilarmonlik muhitini baholash natijalari
Biznesning hozirgi holatdagi koʻrsatkichi
Biznesning joriy holat koʻrsatkichi oʻrtacha pasayishni koʻrsatdi va oʻtgan oyga nisbatan 11 punktga pasaygan holda 19 punktni tashkil etdi, bu esa biznesning joriy holati bilan bogʻliq ishbilarmonlik kayfiyati oʻrta darajacha ijobiy ekanligini anglatadi (1-jadval).
1-Jadval. Oʻzbekistonda ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichlarining ahamiyati
Davr | 04/2020 | 05/2020 | 06/2020 | 07/2020 |
Hozirgi holat | 26 | 15 | 30 | 19 |
Rivojlanish istiqbollari | 43 | 30 | 74 | 68 |
Biznes iqlimi | 35 | 22 | 51 | 42 |
Soʻrov natijalariga koʻra, korxonalarning 30% i biznesning hozirgi holatini "yaxshi", 47% - "qoniqarli" va 23 % - "yomon"deb baholagan.

Tovarlarga / xizmatlarga talab "yaxshilandi", 32% korxonalar bu haqda xabar berishdi. Bundan tashqari, respondentlarning 32 % - "oʻzgarmadi", 32% - "yomonlashgan" deb javob berishgan. Shu oʻrinda, ishchilar soni 17 % korxonalar tomonidan - «oʻsdi», 68 % - «oʻzgarmadi», 15 % - «kamaydi» deb qayd etilgan.
Biznesni rivojlanish istiqbollari koʻrsatkichi
Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari koʻrsatkichi 68 punktni tashkil etdi, iyun oyiga nisbatan 6 punkitga pasaygan, bu tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda oʻz bizneslarini rivojlanish istiqbollariga nisbatan umidlari ijobiy ekanligidan dalolat beradi (1-jadval).
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, soʻrovda ishtirok etgan korxonalarning 68 foizi biznesni rivojlanish istiqbollarini "yaxshilanmoqda" deb baholagan, 29 foizi "oʻzgarmaydi" va faqat 3 foizi "yomonlashadi" deb taxmin qilishgan.

Soʻrovnomada tovarlarga / xizmatlarga boʻlgan talabni korxonalarning 65% - “Yaxshilanadi”, 30% - "Oʻzgarmaydi", 5% - "Yomonlashadi", deb javob berishgan. Keyingi 2-3 oy ichida korxonalarning 53 % - ishchilar soninini "Oʻsishi" kutilmoqda, deb qayd etgan boʻlsa, 45 % - "Oʻzgarmaydi", 2% - esa "Pasayadi", deb javob berishgan. Soʻrovda qatnashgan korxonalarning 36% oʻz tovarlari / xizmatlari narxlarining «oʻsishini» kutmoqda, 61% - tovarlar / xizmatlar narxlari «oʻzgarmaydi» va faqat 3% «pasayadi» deb ishonadi.
Ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichi
Ishbilarmonlik muhiti koʻrsatkichi 42 punktdan kamayganligini koʻrsatgan holda 9 ballni tashkil etdi. Yaʼni mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti holati yaxshi deb baholanmoqda (1-jadval).
Mavjud holat koʻrsatkichlari va istiqbollarni kutish oʻrtasidagi bogʻliqlik asosida kelgusi 2-3 oy uchun mamlakatda iqtisodiy siklning bosqichlarini aniqlash mumkin (2-rasm).
2-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy siklining bosqichlari

Shuni taʼkidlash kerakki, Rossiyada (-5) va Xitoyda (51,1) ishbilarmonlik muhitining oʻxshash koʻrsatkichlarini baholash oʻtgan oyna nisbatan mos ravishda 1 va 0,2 % punktga oʻsdi; Turkiyada (101) 8,4 punktga va Janubiy Koreyada (57) 6 punktga ortishi kuzatildi.
Ilova
Ishbilarmonlik muhitini baholash uchta asosiy koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi:
Biznesning hozirgi holatini baholash. U "yaxshi" va "yomon" javoblar oʻrtasidagi farq sifatida umumiy tanlanganning foiziga qarab hisoblanadi. Hozirgi holatning qiymati -100 balldan (barcha respondentlar hozirgi holatni yomon deb baholaydi) 100 ballgacha (barcha respondentlar hozirgi holatni yaxshi deb baholaydilar);
Keyingi 2-3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollari. Ushbu "yaxshilanadi" va "yomonlashadi" degan javoblar oʻrtasidagi farq jami tanlanganlarga foiz sifatida hisoblanadi. Kutish qiymati -100 balldan (barcha respondentlar oʻz bizneslarining yanada yomonlashishi mumkinligin taxmin qilishmoqda) 100 ballgacha oʻzgaradilar (barcha respondentlar oʻz bizneslarining yanada yaxshilanishini kutishmoqdalar);
Ishbilarmonlik iqlimining qiymati joriy holat va biznes istiqbollarining oʻrtacha balans qiymatlari asosida hisoblanadi. Ishbilarmonlik iqlimining qiymati -100 ball (barcha respondentlar hozirgi ahvolni yomon deb baholadilar va biznesining yanada yomonlashishini kutmoqda) va 100 ball (barcha respondentlar hozirgi holatni yaxshi deb bilishadi va oʻz bizneslarida yanada yaxshilanishni kutishadi).
Mavjud holat koʻrsatkichlari va istiqbollarni kutish oʻrtasidagi bogʻliqlik asosida kelgusi 2-3 oy uchun mamlakatda iqtisodiy siklning bosqichlarini aniqlash mumkin (2-rasm).
Agar hozirgi holat va kutilayotgan har ikkala qiymat ham salbiy boʻlsa, keyingi 2-3 oy ichida mamlakat iqtisodiyoti tanazzul holatida boʻladi.
Agar hozirgi holatning qiymati salbiy boʻlsa, kutish qiymati ijobiy boʻlsa, iqtisodiyot keyingi 2-3 oy ichida tiklanadi yoki jonlanadi.
Agar hozirgi holat va kutilgan natijalarning ikkalasi ham ijobiy boʻlsa, keyingi 2-3 oy ichida iqtisodiyot jadal rivojlanishni boshdan kechiradi.
Agar hozirgi holatning qiymati ijobiy boʻlsa, kutish qiymati esa salbiy boʻlsa, keyingi 2-3 oy ichida iqtisodiyot oʻsishning pasayishi kuzatiladi.
Feruzbek Davletov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi

