| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi650 marta oʻqildi

Karantin tartiblari 1 avgustga qadar uzaytirildi

Ruxsat berilgan tadbirkorlik obʼyektlarida kasallik holati aniqlansa, davolash xarajatlarini tadbirkorlarning oʻzlari qoplaydi.

Karantin tartiblari 1 avgustga qadar uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

Davlat bogʻchalari qachondan ish boshlashi maʼlum boʻldi

Jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish boʻyicha sanitariya-gigiyena talabiga qatʼiy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.

Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik subʼyektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish obʼyektlari va b.) tegishli obʼyektlarda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan taqdirda ushbu obʼyektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bogʻliq xarajatlar mazkur subʼyektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ