Review.uz saytidagi O'zbekistonning siyosiy yangiliklari - siyosatdagi so'nggi voqealar, O'zbekistonning siyosiy yangiliklariga sharh
385 ta material

Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi
2020 yil 1 iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yoʻlida izchil davom ettirish maqsadida 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.

“Elektron parlament” tizimi joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga koʻra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Xitoy sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi tasdiqlandi
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Prezidenti Farmoni imzolandi. Bu yilgi davlat dasturi 299ta banddan iborat boʻlib, unda umumiy qiymati 18,2 trln. soʻm va 10,3 mlrd. AQSh dollariga teng loyihalar tasdiqlanmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: Sanoat korxonalarining oʻzida servis boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish kerak
Yashnobod tumanidagi Texnoparkka tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoyev standart kafolatini taʼminlaydigan kadrlar juda kamligini, shuning uchun sanoat korxonalarining oʻzida servis boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish kerakligi taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilayotgan uylarning kredit muddatini uzaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Mirzo Ulugʻbek tumanida qurilayotgan uylarni borib koʻrdi. Mutasaddilarga uylarning narxini arzon qilish, ularni turli soha vakillari bilan birga kam taʼminlanganlarga ham ajratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Kredit muddatini uzaytirish, ijaraga berish orqali kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash muhimligini taʼkidladi. Shuningdek, kommunal toʻlovlarni 50 foizgacha arzonlatish mumkinligi haqida gapirdi.

Tarixda ilk marta "yopiq mavzu" boʻlgan qambagʻallikni qisqartirish uchun kurash boshlandi
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 12-15 foiz yoki 4-5 million aholimiz kambagʻal. Bu ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming soʻmdan oshmayapti, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Tibbiyot sohasiga ixtisoslashtirilgan Ibn Sino maktablari tashkil etiladi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sogʻliqni saqlash xodimlari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda aytib oʻtdi. Unga koʻra, eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari oʻrnida Ibn Sino maktablari tashkil etiladi.

Kaliyli oʻgʻitlar zavodida davlat ulushi investorlarga sotiladi
Shavkat Mirziyoyev kuni kimyo sanoatini isloh qilish boʻyicha istiqbolli rejalar hamda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda kimyo sohasida yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligini taʼkidladi.

Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni Yaponiya va Koreya Respublikasi bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi bilan tanishdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan rafiqalari hamrohligida Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev dunyoda oʻta noyob kitob boʻlgan “Usmon Mushafi” nusxasini Xalq kutubxonasiga tuhfa qildi
Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi. Oʻzbekiston Prezidenti kutubxona fondiga 350 dan ziyod turli mavzudagi kitoblarni sovgʻa qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan aniq loyihalarni muhokama qildi
Turkiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniya va bank rahbarlari bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qabul marosimi uyushtirdi
Qabul marosimida ikki mamlakat jamoat arboblari qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev: Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan qiymati bir milliard dollardan ortiq boʻlgan yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi natijalari toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Oʻzbekiston – Turkiya munosabatlari tarixida yangi muloqot formati
Oliy darajadagi Oʻzbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashi siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, madaniyat, taʼlim, fan va texnika, innovatsiyalar, sogʻliqni saqlash va boshqa oʻzaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining muzokara oʻtkazdi (foto)
Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qoʻydi (foto)
Turkiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston Prezident Mustafo Kamol Otaturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan Turkiyaga bordi.

Prezident Turkiyaga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan Anqaraga joʻnab ketdi.

1 apreldan FHDYolar adliya tizimiga oʻtadi
Prezident Farmoniga koʻra, 2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtkaziladi.

Prezident farmoni bilan yangi vazirlik tashkil etildi
Oʻzbekiston Prezidentining 18 fevral kuni qabul qilingan farmoniga koʻra, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya delegatsiyasini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda boʻlib turgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ular boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqishdi.

Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisiga yer ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi
Maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatish muddatini uzaytirish, chegaralarini oʻzgartirish va uni tugatish Prezident qaroriga binoan amalga oshiriladi.
