| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi105 marta oʻqildi

Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi

2020 yil 1 iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi.

Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi

“2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida:

  • 2020 yildan boshlab paxta xomashyosi ishlab chiqarish va majburiy sotish rejasi, uning narxi davlat tomonidan belgilanmaydi va davlatga majburiy gʻalla sotish hajmi 25 foizga kamaytiriladi;

  • 2020 yilda litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar kamida ikki baravarga qisqartiriladi;

  • 2020 yil 1 iyundan boshlab aholi va xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifati yanada oshiriladi, zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini koʻpaytiriladi;

  • 2020 yil 1 iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi;

  • 2020 yil 1 iyundan mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish boʻyicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya toʻlanadi;

  • 2020 yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi va 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ