“Elektron parlament” tizimi joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga koʻra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi.

“2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Prezident Farmoni imzolandi.
Farmoni bilan Harakatlar strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladigan vazifalar, joriy etiladigan tartib va amaliyotlar belgilandi.
Jumladan, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:
2020 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga koʻra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi;
2020 yil 1 iyuldan Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qator masalalar yuzasidan axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi tatbiq qilinadi;
2020 yil 1 avgustdan boshlab Senatda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, Senat kengashi va qoʻmitalarining sayyor majlislarini oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
2020 yil 1 iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasi ishga tushiriladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

