Review.uz saytidagi O'zbekistonning siyosiy yangiliklari - siyosatdagi so'nggi voqealar, O'zbekistonning siyosiy yangiliklariga sharh
385 ta material

1 avgustgagacha litsenziya berish elektron tizimga oʻtadi
Shavkat Mirziyoyev Axborot texnologiyalari va kommuni-katsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga joriy yil 1 avgustga qadar litsenziya berish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni toʻliq avtomatlashgan yagona elektron tizimini ishga tushirish vazifasini qoʻydi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti kutubxonasining ochilish marosimida qatnashadi
Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga koʻra Turkiya boradi. Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonda "2019 yil odami" deya eʼtirof etildi
Qirgʻizistonning “Ala-Too Ayimdari” ekologik harakati tomonidan Oʻzbekiston Prezidentiga “2019 yil odami” mukofoti berildi. Mukofotni qabul qilib olish uchun Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Bishkek shahriga bordi.

Prezident qarori bilan Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etildi
Prezidentining qarori bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti tashkil etildi. Institutga qabul har yili belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev: Bozor boʻlmasa, eksport ham boʻlmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektorda meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasterlari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Surxondaryoda yangi tashkil etilgan tumanga hokim, prokurori va ichki ishlar boshligʻi tayinlandi
Bandixon tumanida viloyat hokimi ishtirokida oʻtkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi tumani hokimi tayinlandi.

Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati maʼlum boʻldi
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Rossiyaga tashrif buyuradi. Moskvadagi VDNX bogʻida joylashgan "Oʻzbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev DXX bilan chegarani qoʻriqlash masalasini muhokama qildi
Prezident 13 fevral kuni DXX va Xavfsizlik kengashi apparati bilan oʻtgan yigʻilishda Oʻzbekiston chegarasini qoʻriqlash va muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha topshiriqlar berdi.

Axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari uchun uy va sport majmualari quriladi
13 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun koʻp qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish haqida aytib oʻtildi.

Shavkat Mirziyoyev yangi vazirlik tashkil etish toʻgʻrisida taklif bildirdi
Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni mahalla tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida oʻtkazgan yigʻilishda Mahalla va oila masalalari vazirligini tashkil etish taklifini bildirdi. Yangi vazirlik 40 mingdan ortiq xodimni birlashtiradi. Shuningdek, mahalla raisi endi 5 yilga tayinlanadi va 1 martdan oyligi oshiriladi. Prezident yigʻilishda mahalla raisi maqomi koʻchaytirilishi haqida ham gapirib oʻtdi.

Oʻzbekiston Xitoyga gumanitar yordam yuboradi
Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini koʻrsatadi. Prezident farmoyishiga koʻra 6 xil turdagi tibbiy buyumlar yuboriladi.

Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasi ochilishini muhokama qildi.

Korrupsiya “botqogʻi”dagi sohalar “tozalanadi” hamda davlat xizmatchilarining mol-mulki deklaratsiya qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Abdulla Aripov: Birja savdolarida monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibi joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida Bosh vaziri Abdulla Aripov birja savdolarida yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotishning yagona tartibini joriy etish rejalashtirilganigi haqida gapirib oʻtdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi ShHT MKK yigʻilishida qatnashadi
Moskvada oʻtkaziladigan yigʻilishda ShHT Sammitida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqiladi.

Amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish – asosiy mezon
Joriy hafta mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqealarga boy boʻlmoqda. Kecha yangi shakllangan parlament palatalarining birinchi majlislari oʻtkazildi. Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtmoqda.

Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni boʻlib oʻtadi
Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni boʻladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi tashkiliy yigʻilishida maʼlum qildi.

Qonunchilik palatasining birinchi majlisi boshlandi
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 yanvar kuni Jahon banki vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi
Bugun, 16 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.

Eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 yanvar kuni eksport, investitsiya va mahalliylashtirishni kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga keldi
Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 15 yanvar kuni mamlakatimizga keldi.

Oʻzbekiston Missiyasi rahbari NATO bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2020 yilning 9 yanvar kuni Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasining NATO huzuridagi Missiyasi rahbari, Elchi Dilyor Xakimov Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Oʻzbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tiklanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va sanʼatkorlari jamgʻarmasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan taʼsis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Mana shu quvonchli lahzalarda siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman!
