| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi

Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasi ochilishini muhokama qildi.

Toshkentda Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochiladi

2020 yilning 11 fevral kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Hovsep Voskanyan bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, qoʻshma tadbirlarni, jumladan, Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida Germaniya iqtisodiyotining vakolatxonasini ochish masalalari muhokama qilindi.

Mart oyining ilk kunlarida Toshkent investitsiya forumi oʻtkaziladi

Tomonlar oʻzaro tovar ayirboshlash hajmining oʻsishini, xususan, oʻtgan yili 980 mln. dollarini tashkil etib, avvalgi yilga nisbatan 26 foizga oshishini ijobiy baholadi.

Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining 5-6-mart kunlari boʻlib oʻtadigan Toshkent investitsiya forumida ishtirok etishiga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu tadbir Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirgan xalqaro biznes uchrashuvlari uchun eng yirik maydonga aylanishi kutilmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ