| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi979 marta oʻqildi

Surxondaryoda yangi tashkil etilgan tumanga hokim, prokurori va ichki ishlar boshligʻi tayinlandi

Bandixon tumanida viloyat hokimi ishtirokida oʻtkazilgan Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi tumani hokimi tayinlandi.

Surxondaryoda yangi tashkil etilgan tumanga hokim, prokurori va ichki ishlar boshligʻi tayinlandi

Surxondaryo viloyatida qaytadan tashkil etilgan Bandixon tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hokimi Toʻra Bobolov, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, tumandan saylangan Xalq deputatlari viloyat Kengashi, tuman Kengashi deputatlari, faollari va viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

8 yil avval tugatilgan tuman qayta tashkil etildi

Surxondaryo viloyatida bundan 28 yil muqaddam tashkil etilgan Bandixon tumani tugatilib, qoʻshni tumanlarga qoʻshilganiga 8 yil boʻldi. Biroq, shu davrda hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ancha ortda qolib ketdi. Aholining turmush sharoitida tub oʻzgarishlar sezilmadi. Xususan, 76 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududda 41 ta umumtalim maktabi, uchta oʻrta maxsus, kasb-hunar talimi, 1 ta tibbiyot, 3 ta maktabgacha talim muassasasi mavjud boʻlib, shu yillarda mazkur sohalarda birorta yangi muassasa qurilmagan. Yoʻllar oʻnqir-choʻnqir boʻlib qolgan. Madaniyat, sport, tadbirkorlik sohalari rivojlanmadi. Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash ayanchli ahvolga kelgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga koʻra tumanda koʻplab tadbirlar amalga oshiriladi

Davlatimiz rahbarining bevosita eʼtibori bilan qayta tiklanayotgan tumanni 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Keyingi 2-3 yil ichida hududda sanoat, xizmatlar va servis infratuzilmasi, qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish boʻyicha 130 ga yaqin loyihani amalga oshirish orqali 1 ming 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish, tuman hududidan oʻtuvchi davlat va mahalliy ahamiyatdagi yoʻllarning 85 kilometr qismini taʼmirlash, ichki avtomobil yoʻllarining 50 kilometr qismiga asfalt va 309 kilometr tuproqli yoʻllarga shagʻal qoplama yotqizish, 38,4 kilometr elektr uzatish tarmoqlarini yangidan tortish va rekonstruksiya qilish, 15 dona transformator punktlarini oʻrnatish, 91 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari, 11 dona suv quduqlarini qurish va taʼmirlash singari koʻplab tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tumanning qayta tiklangani bu yerda yagona boshqaruvni yoʻlga qoʻyib, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishda muhim oʻrin tutadi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi

Qiziriq tumani hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Choriyev Oʻtkir Abduzoirovich Bandixon tumani hokim etib tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan, Xudoyorov Anvar Eshmurodovich Bandixon tumani prokurori etib tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, Berdinazarov Akmal Baratovich Bandixon tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻiga asosan, Eshboyev Abdualim Muhammadiyevich Bandixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ