Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni boʻlib oʻtadi
Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni boʻladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi tashkiliy yigʻilishida maʼlum qildi.

Prezidentning parlamentga murojaati 24 yanvar kuni boʻladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi tashkiliy yigʻilishida maʼlum qildi.
Bu prezidentning parlamentga uchinchi murojaatidir. Shavkat Mirziyoyev ushbu anʼanani 2017 yilda joriy etgan edi. Prezident mamlakat qonunchilik organiga yoʻllagan murojaatida oʻtgan yilni sarhisob qiladi va yaqin kelajakda respublikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi.
Prezident yil oxirida murojaat qiladi, ammo 2019 yilda tadbir 5 yanvar kuni 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish tayinlanganligi sababli kechiktirildi.
Odatda, Prezident oʻz murojaatida yangi yil nomini eʼlon qiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

