| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Siyosat3 daqiqada oʻqiladi2 011 marta oʻqildi

Prezident qarori bilan Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etildi

Prezidentining qarori bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti tashkil etildi. Institutga qabul har yili belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi

Prezident qarori bilan Qoraqalpogʻiston tibbiyot institutini tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti tashkil etildi.

Qarorga koʻra, quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • uzluksiz tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

  • oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-uslubiy materiallarni keng joriy etish, klinika va oʻquv bazasi faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish;

  • fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

  • taʼlim muassasasi va Institut klinikasi ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini taʼminlash;

  • xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish;

  • talabalarda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash;

  • moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyasion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Institut Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

  • Institutga qabul har yili belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi;

  • Institut klinikasi muassisi Institut hisoblanadi hamda uning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi;

  • Institut va Institut klinikasi – yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, tegishlicha davlat oliy taʼlim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi;

  • Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yoʻli orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Institut rektori Institutning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quyidagilarni amalga oshirish huquqiga ega boʻldi:

  • taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, davolash ishlariga zamonaviy usullarni tatbiq etish hamda talabalar va professor-oʻqituvchilarga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Institut klinikasi va oʻquv bazalaridagi oʻquv xonalarini taʼmirlash, jihozlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

  • Institut klinikasida yuqori texnologiyali tashxis qoʻyish va davolash usullarini joriy etish hamda Institutga qoʻshimcha mablagʻlar tushirish maqsadida Institut klinikasi bilan oʻzaro shartnomalar asosida hamkorlikda pullik asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻlinmalarini tashkil etish.

Institut klinikasi faoliyati:

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qoʻyish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;

  • shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish;

  • respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.

Institut klinikasi quyidagi huquqlarga ega:

  • oʻziga biriktirilgan davlat mulkidan samarali foydalanish va uni boshqarish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish;

  • Institut bilan kelishilgan holda lavozimlar roʻyxati va sonini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash.

Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;

  • talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan, shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

  • xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

Institut klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari:

  • Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari;

  • amalga oshirilgan va koʻrsatilgan tibbiy xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

  • xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari Institut klinikasiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan haqiqatda imtiyozli davolangan bemorlar boʻyicha Institut klinikasi taqdim etgan choraklik hisobotlardan kelib chiqqan holda ajratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ