Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga tashrif muddati maʼlum boʻldi
Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Rossiyaga tashrif buyuradi. Moskvadagi VDNX bogʻida joylashgan "Oʻzbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi 2020 yil iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov maʼlum qildi.
"Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi iyun oyining ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Oʻzbekistonga tashrifi va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi davomida Rossiyaga oliy darajadagi tashrifni iyun oyining ikkinchi yarmida amalga oshirishga kelishib olgan edik", degan Neʼmatov.
Taʼkidlanishicha, Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi juda qizgʻin kechadi. Xususan, tashrif doirasida mintaqaviy forum, taʼlim forumi va media forumlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Undan tashqari Moskvadagi VDNX bogʻida joylashgan, yaqinda taʼmirdan chiqqan "Oʻzbekiston" paviloni ham Mirziyoyevning tashrifi doirasida ochilishi rejalashtirilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

