Oʻzbekiston Missiyasi rahbari NATO bosh kotibiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2020 yilning 9 yanvar kuni Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasining NATO huzuridagi Missiyasi rahbari, Elchi Dilyor Xakimov Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi.

2020 yilning 9 yanvar kuni Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasining NATO huzuridagi Missiyasi rahbari, Elchi Dilyor Xakimov Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Marosimdan keyin boʻlib oʻtgan suhbatda tashkilot rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan Oʻzbekistonning ulkan salohiyatini toʻlaqonli ochish imkoni beruvchi va mamlakatni tarixiy rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiquvchi tub islohot va oʻzgarishlarga yuqori baho berdi.
Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning, jumladan harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonda barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari ham muhokama qilindi.
Yens Stoltenberg Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning rivojlanayotganini alohida taʼkidladi va Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi mojoroni bartaraf etish masalalaridagi rolini qoʻllab-quvvatladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga davlat tashrifi yakunlandi

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

